laptop-9-laptop-internal

Kompyuterning boshqa qismlari

laptop-9-laptop-internal

inside-computer-2Copyright 2008 HowStuffWorks

Noutbukning qattiq xotirasi rasmning pastki o’ng tomonida, yuqori tomonidan DVD drayv bilan ko’rsatilgan.

Shunday qilib kompyuteringiz ichida yana nimalar mavjud? Ularni besh kategoriyaga ajratamiz:

  • Quvvat bo’linmasi va batareyalar

  • Driverlar

  • Modemlar va Wi-Fi kartalari

  • Ovoz va grafik kartalar

  • Sovutgich tizimlari

Elektr quvvat bo’linmasi butun kompyuter bo’ylab elektr quvvati ta’minoti bilan shug’ullanadi. Qachonki kompyuteringizni elektr manbaiga ulaganingizda, elektr quvvati simli kabel orqali – transformerni o’z ichiga oluvchi himoyalangan qutiga uzatiladi. Ushbu transformerning ishi uzatilayotgan elektr quvvatni qabul qilib, uni qurilmaning elektr quvvatiga muhtoj qismi uchun mos kuchlanishga aylantirib beradi. Agar sizda noutbuk bo’lsa, demak bu kelayotgan elektr quvvati ba’zi qismi noutbukning batareyasini zaryad qilish uchun sarflanadi. Ulanmagan holda esa, noutbuk batareya ichidagi zaryaddan o’z ehtiyoji uchun ishlatadi.

Kompyuterlarda, hatto ular boshqa barcha qismlarini o’chirib qo’yganingizda ham ishlab turuvchi kichik batareyalar mavjud. Bu batareya kompyuteringiz tehnik qismlari (hardware) haqida ma’lumot yuritish vazifasini o’z ichiga olgan maxsus chipni ishlashiga ko’maklashadi. Darvoqe, ushbu kichik batareya kompyuterdagi soatga ham quvvat uzatadi, shuning uchun ham kompyuteringiz o’chib yongandan so’ng ham vaqtni to’g’ri ko’rsatadi.

Kompyuterdagi disklar – programma va ma’lumotlarni saqlash, shuningdek ularni qayta ishlash imkonini beruvchi jihozlardir. Ko’pgina kompyuterlarda qattiq disklar – misol uchun magnetik yozuvlarni qo’llab ma’lumot saqlovchi yupqa platalar yoki qimirlovchi qismlardan holi qattiq disklardan iborat. Ikkala holatda ham, qattiq disklar kompyuteringizga ma’lumot va programmalarni to’g’ridan to’g’ri saqlash imkonini beradi.

Eski kompyuterlar yupqa disk drayverlaridan foydalanishgan. Yangi kompyuterlar esa optik drayverlar bo’lmish, CD-ROM yoki DVD-ROM drayverlariga ega. Bular o’z navbatida sizga media tashuvchilar – kompakt disklar va DVDlarni kompyuterda ishlatish uchun qilingan.

Modemlar – kompyuteringizni boshqa kompyuter tizimlari bilan ulovchi uskunadir. Modemlar, radio to’lqin orqali ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi  simsiz kartalar bilan chambarchas bog’liq.

Ovoz va grafik kartalar. Ular kompyuteringizga grafika (rasm) ko’rsatish yoki ovoz eshittirish uchun xizmat qiladi. Barcha kartalar ham bir hil bo’lavermaydi – ba’zilari qolganlaridan ko’proq miqdordagi programma formatlarini qo’llab quvvatlaydi. Grafik kartalar ham ayniqsa turli tuman hususiyatlar bilan keladi.

inside-computer-4Copyright 2008 HowStuffWorks

Sovitish tizimi asosan issiqlik chanog’i va fendan iborat bo’ladi. Kompyuterlarda haddan ziyod isib ketish jiddiy muammolarga olib borishi mumkin. Oqibatda ba’zi hollarda tizim ishdan chiqishigacha amaliy zararlar yetkazishi mumkin. Issiqlik chanog’i havf ostida qolishi mumkin bo’lgan bo’laklardan chiqayotgan issiqlikni o’ziga tortib oladi. Fenlar esa kompyuterlarga issiqlikni tashqariga uzatish uchun sharoit yaratadi. Ba’zi kompyuterlarda nisbatan yuqori darajadagi suyuqlik-sovutuvchi tizimlariga ega. Suyuqlik-sovutuvchi tizim turbalar orqali suzuvchi suvni, issiqlikni o’ziga yutishiga yondashadi.

Va nihoyat, tamom. Shuning bilan oddiy kompyuterda uchrovchi barcha elementlarni ko’rib chiqdik.

tarjimon: Abdulaziz Qodirov

(1,951 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: