brain

Kompyuter “miya”si


brain

Ushbu rasm quyidagilarni namoyish etmoqda: RAM (yuqoridan chapda), simsiz karta (pastdan o’rtada) va kichik batareya (pastdan o’ngda). ©2008 HowStuffWorksinside-computer-3

Kompyuter miyasi uchun ishlash asosi ona platadir. Ona plata kompyuteringiz ichidagi boshqa ko’pgina elementlar uchun o’zak bo’lib xizmat qiladi. U katta chop etilgan tizimli platadir. Ona plata boshqa tashkil etuvchilar orasidagi o’zaro aloqani yuritadi. Ona platalar turli shakl va hajmda bo’ladi. Masalan, noutbukdagi ona platalar shaxsiy kompyuterlarnikiga o’xshamasligi mumkin.

Kompyuter miyasi – mikroprosessor bo’lib, inglizcha CPU – “Central Processing Unit” deb nomlanadi. CPU – bu shunday bir chip bo’lib, unda millionlab mayda tranzistorlar joylashadi. CPU’ning vazifasi shuki, kompyuter ishlashi uchun zaruriy hisob-kitoblarni yuritadi. Ya’ni, undagi tranzistorlar ma’lumotlarni ishga soladi. CPU’ni xuddi qaror qabul qiluvchi deb tushunsangiz osonroq bo’ladi.

Kompyuterdagi boshqa hal qiluvchi komponent bu xotiradir. Ikkita eng muhim hotira turi bo

lib, bular “read-only memory (ROM)” va “random access memory (RAM)”. Kompyuterlar ROM’dagi ma’lumotlarni o’qiy oladi, lekin ularga boshqa yangi ma’lumot kirita olmaydi. RAM bilan esa, ushbu xotira orqali o’qiy oladi va yoza oladi. Kompyuter xotirasi bo’lmasa, undagi hisob-kitoblar makonsiz bo’lardi. Oddiyroq qilib aytganda muayyan ma’lumotni bir holatdan ikkinchisiga saqlashning imkoni bo’lmas edi, oqibatda har bir jarayon bo’sh holatdan boshlanishga to’g’ri kelardi. Bu ayniqsa murakkab dasturlar tuzishda pand berishi mumkin.

Ko’pgina ShK (shaxsiy kompyuter)lar qo’shimcha RAM uchun ulanish vositalariga ega bo’ladi. Foydalanuvchi kompyuterni ochishi va ona platadagi mos vositalarga RAM chiplarini ulashi yetarlidir. Lekin ba’zi boshqa kompyuterlar muhrlangan tizim bo’ladi, bu degani kompyuterni ochish va unga o’zgartirishlar kiritishning iloji yo’q degani.

Basic Input/Output System (BIOS) nomli chip CPU bilan yaqindan ishlaydi. BIOS bu maxsus ROM hisoblanadi. Misol uchun, agar siz CPU’ni kompyuter miyasi deb tushunsangiz, unda BIOS’ni uning umurtqa pog’onasi deb faraz qiling. BIOS’ning vazifasi shundan iboratki kompyuterda ishlayotgan dastur (software) va texnik qismlari (hardware) o’rtasida faoliyat yuritadi.

Ona plata, CPU, ROM, RAM va BIOS kompyuterdagi deyarli barcha og’ir ishlarni o’z zimmasiga oladi. Ular manbalarni dasturlar bilan yuzlashtirish mas’uliyatini amalga oshiradi. Undan tashqari klaviyatura, sichqoncha va boshqa kompyuter jihozlaridan ma’lumot olishadi.

Kompyuter ichida boshqa bir nechta tashkil etuvchilar ham mavjud. Keling shular haqida keyingi bo’limda gaplashaylik.

tarjimon: Abdulaziz Qodirov

(2,535 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: