win-key

Win tugmachasi yordamida bajariladigan 23 ta amal

Hozir ko’pchilik uchun “befoyda” va “keraksiz” bo’lgan Win tugmachasi yordamida bajarish mumkin bo’lgan ba’zi amallarni ko’rib chiqamiz:

1. “Start” ( “Пуск” ) menyusini ochish ( Windows 8 tizimida Metro holatiga o’tish )

 

2. Win+B — Soat oldidagi tugmachalarga o’tish. Keyingi amallarni bo’shliq (space, пробел) va ko’rsatgich tugmachalari orqali bajarish mumkin

 


3. Win+D — Ish stoliga (Desktop, Рабочий стол) o’tish

 

4. Win+E — Papkalar tizimiga o’tish (Проводник)

 

5. Win+F — Qidiruv xizmatiga o’tish

 

6. Win+L — Tizimdan chiqib ketish

 

7. Win+M — Barcha oynalarni ixchamlashtirish (Свернуть)

 

8. Win+P — Qo’shimcha monitor yoki proyektorlarga o’tish

 

9. Win+R — Barajarish xizmatiga (Run, Выполнить) o’tish

 

10. Win+T — Paneldagi dastur tugmachalariga o’tish. Birinchi marta bosish orqali birinchi turgan dasturga o’tiladi,  yana shu tugmani bosib, keyingi dasturlarga o’tishingiz mumkin.

 

11. Win+U — Maxsus imkoniyatlar markaziga o’tish (Common tools, Центр специальных возможностей)

 

12. Win+X — Windows 7 ning Mobil dasturlari markaziga o’tish. Windows 8 da yashiringan “Start” (Пуск) menyusini ochadi.

 

13. Win+Pause — Tizim sozlamalariga o’tish.

 

14. Win+F1 — Windows Ma’lumot markaziga o’tish.

 

15. Win+1,2,3,… — Paneldagi raqamga mos tartibdagi dastur tugmachalari bosish.

 

16. Win+Shift+1,2,3,… — Paneldagi raqamga mos tartibdagi dastur tugmachalari bosish, bunda dasturlarning yangi oynasi ochiladi.

 

17. Win+Ctrl+1,2,3,… — Bir dastur ichida turli oynalarga o’tish.

 

18. Win+Tepaga (Up arrow, Стрелка вверх) — Oynani butun ekranga yoyish.

 

19. Win+Pastga (Down arrow, Стрелка вниз) — Oynaning oldingi holatiga qaytish, kichraytirish.

 

image001

 

20. Win+O’ngga yoki Chapga (Right, Left arrows, Стрелка вправо или влево) — Oynani ekranning o’ng yoki chap tomoniga joylashtirish.

 

21. Win+Shift+O’ngga yoki Chapga (Right, Left arrows, Стрелка вправо или влево) — Oynani boshqa monitorga ko’chirish.

 

22. Win+Bo’shliq (Space, Пробел) — Windows 7 da Ish stoliga nazar solish.

 

23. Win+TAB — aktiv oydan boshqa oynaga ko’chish (64-bitlik tizim uchun)

 

image002

Maqola http://vk.com/i_technology asosida tayyorlandi.
(1,379 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: