charging

Telefon Zaryadlash Hususida 5ta AFSONA

charging

“Zaryad vaqtida ‘sotka’ (mobil telefon)dan foydalanma”, “zaryadga ulangan holda tunlari qoldirma” va “doim ham zaryad to’laligicha bo’shashini kutgin” – bular smartfon batareyalari to’g’risida keng yoyilgan afsonalarga kiradi.
Batareya hayoti haqida to’xtalar ekanmiz, smartfoningizda qilish va qilmaslik kerak bo’lgan bir qator kichik qoidalar mavjud. Bir nechta haqiqiy foydali qoidalar bo’lishiga qaramay, bir nechta mish-mishlar ham borki ularni yaxshisi e’tiborga olmaganingiz maqul. So’nggi yillarda telefon batareyalari borgan sari ixtisoslashib va boshqarishga osonlashib ketmoqda. Samsung va Apple kabi kompaniyalar tomonidan ishlatiladigan ko’pgina litiy-ion (lithium-ion) turkumli batareyalar agar to’g’ri qo’llanilganda 3-5 yilgacha hizmat qilishi lozim.

Quyida telefonni zaryadlashdagi 5ta afsonalarni ko’rib chiqamiz:

1-Afsona: Zaryadniging mashxur brend bo’lmasa batareyani zaiflashtiradi!
Aslida esa: Brenddan tashqari zaryadniklar unchalik optimal bo’lmasada o’z xizmatini meyorida o’tashi mumkin. Faqatgina soxta mahsulotdan ehtiyot bo’lish lozim.

Arzon soxta zaryadniklar tomon yugurishdan avval, mashhur brend bo’lmasada, unchalik qimmat bo’lmagan versiyalarni qidirib ko’ring (bu holda qayerdan xarid qilishingiz muhim rol o’ynaydi, litsenziyali do’konlarni maslahat beramiz). Ko’p hollarda mashhur brendli bo’lmasa ham zaryadniklar, rasmiy “aka”larichalik bo’lmasa ham, yetarlicha ishlab beradi. Shundoq ekan, xaridingiz maqsadga muvofiq bo’lishi uchun tekshiruvdan o’tgan zaryadniklarni tanlang.

2-Afsona:Zaryadlanayotganda telefondan foydalanma!
Aslida esa: Shubhali 3-tomon (3rd party) zaryadniki bo’lmasa bemalol ishlatavering.

Ushbu afsona ortida qo’rqinchli sabablar yotadi. Kishilar zaryaddagi “sotka”dan foydalanish apparatni kuyishi yoki tok urishidan xavfsirashadi. Internetda bu xavfni oqlovchi misollarni topish qiyin emas. Biroq ko’p hollarda ushbu ko’ngilsiz voqea zaryadnik arzon va ishonchdan o’tmagan qurilmalardan foydalanish oqibatida yuz beradi.

Shunday qilib agar ishlab chiqaruvchilar “oqlab o’tgan” zaryadnik va batareyalardan foydalansangiz, xotirjam bo’lavering.

3-Afsona: Tuni bilan zaryadlash batareyani “o’ldiradi”
Aslida esa: Smartfoningiz siz o’ylagandan ko’ra “aqlliroq”. Quvvatga to’lib olgandan so’ng, u zaryaddan to’xtash kerakligini tushinadi. Ushbu fakt batareya cheksiz ravishda quvvatga to’laveradi degan shubhani yo’qqa chiqaradi.

Biroq, bu degani telefoningiz BUTUN tun bo’yi va DOIMIY ravishda zaryadlashda davom eting degani emas. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, batareyangiz uzoq umr ko’rishi uchun telefoningizni 40% va 80% orasigacha zaryadlab keyin uzib qo’ying.

4-Afsona: Sotkangni UMUMAN o’chirish keragi yo’q.
Aslida esa: To’g’ri telefoningiz ham bir mashina bo’lishi mumkin, lekin baribir u ham biroz tanaffus qilishga arziydi. Apple Genius (Apple mahsulotlari texnik qo’llab-quvvatlovchi operatori) aytishicha batareya hayotini uzaytirish uchun, vaqti-vaqti bilan uni “uyqu”ga ketishiga qo’yib berishingiz lozim, ayniqsa o’zingiz tunda uhlash vaqtingizda.

Hech bo’lmaganda, Apple mutaxassislari tavsiyasiga ko’ra, batareya hayotiga ijobiy ta’sir etish maqsadida telefoningizni haftada bir marotaba o’chirib turing. Xuddi shu maslahat Android divayslariga ham taaluqli. Oddiygina o’chirib yoqish ham uskuna quvvatini tiklashga ta’sir etadi.

5-Afsona: To’laligicha zaryadi tugamasdan sotkangni elektr manbaiga ulama!
Aslida esa: Vaqti-vaqti bilan “chuqur zaryadlash”dan ko’ra, telefoningizni kundalik zaryadlash yaxshiroq unum beradi.

Masalan, Samsung va Apple mahsulotlarida ishlatiladigan litiy-ion batareyalari zaradlangandan so’ng adolatliroq ishlashga kirishadi. Agar ularni doimiy ravishda 0%gacha “energiya qurishini” kutsangiz, ular nomutanosib bo’lib qolishi mumkin. Batareyangiz zaryadlash sikli miqdoriy chegaralangan, va har safar u to’liq bo’shaganda, o’sha cheklangan sikllar kamayishi turgan gap.

BONUS Fakt: — Issiqlik batareyangizni rasvo qiladi
Aslida esa: Bunisi haqiqattan ham rost. Issiqlik va texnika ko’p hollarda chiqisha olmaydi, bu ayniqsa telefon batareyalarida ochiq ko’rinib turadi.
Litiy-ion’li batareyalar o’z-o’zini qizdirib turadi, va ayniqsa zaryad vaqti yana ham qiziy boshlaydi. Lekin xulosa qilishga shoshilmang, chunki sovuq havo ham telefon hayotiga ta’siri bor, chunki sovuq batareya me’yoriy haroratdagidan tezroq tugaydi.
Telefongizni asray desangiz tavsiya etilgan haroratga amal qiling: Appleni aytishicha 0C gradus Selsiy iPhone mahsuloti uchun me’yoriy haroratdir. Samsungni ta’kid etishicha esa uning telefonlari -20dan +50 gradusgacha o’z vazifasini o’tay oladi.

Manba: mashable.com

Abdulaziz Qodirov.

(3,069 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • Sam

    Saytiz bilan hamkorlik qilsa bo’ladimi?

    • dasturchi.uz

      nima masalada hamkorlik qilishni xohlaysiz?

  • Men bilan facebook orqali bog’laning. Yordamlaringiz kerak

  • Rustam Aminov

    Abdulaziz Qodirov maqola uchun yaxshi mavzu tanlabsiz, lekin tarjima uchun bahoyingiz “nikki”.
    Ba’zi fikrlaringiz (ya’ni to’g’ridan-to’gri tarjima) umuman tushunarsiz, sayoz va be’mani.

    Ochig’ini gapirganim uchun hafa bo’lmaysiz dega umiddaman!