mobileapp

Telefon dasturlarini o’rnatmasdan ularning ishlash ko’rsatkichlarini bilishning 6 yo’li!

mobileapp

Smartfoningizga dastur topdingiz-u, lekin o’rnatishga arziydimi yo’qmi bilmayapsizmi?

Tanlovingizni osonlashtiruvchi 6 ta yo’l.

Hozirda Apple Store va Google Play’dagi mavjud dasturlarni ko’pligidan bir tanlovni amalga oshirish qiyinlashib bormoqda. Smartfon va planshet foydalanuvchilari endigina o’rnatganlari yaxshi dastur emasligini bilganlarida ketgan vaqt va megabaytlariga achinishlari turgan gap.

Baxtimizga, o’z ehtiyojingizni to’la qondirishi uchun dastur to’g’risida uni o’rnatmasdan bilish mumkin bo’lgan yo’llar mavjud. Ushbu oddiy lekin, samarali maslahatlar o’z pulingiz va vaqtingizni boshqa bekorga yo’qotmasligingiz uchun as qotadi degan umiddamiz.

Mulohazalar (Review- inglizcha) ni o’qib boring

Shunday 3-taraf vebsaytlari borki, ular eng yangi dasturlarni tekshirish bilan shug’ullanadi, oqibatda bizning tanlovimiz ancha osonlashadi. Ushbu sayt yozuvchilari nafaqat yaxshi dastur qanday bo’lishi haqida bilishadi, balki muayyan kategoriya bo’yicha eng yaxshisini tushinish uchun ko’plab raqobatchilarini ham tekshirib borishadi.

Shu kabi ishonchli vebsaytlarni undagi ijtimoiy media a’zolariga qarab yoki izoh qoldiruvchilar soniga qarab tanlang. Siz tortish ehtimolingiz bo’lgan dasturni qidirib ko’ring. Ular sizga dasturingiz to’g’risida uning ishlash ko’rsatkichi, ustunlik va zaiflik tomonlari, raqobatchilaridan farqlarini ko’rsatadi.

Ko’rsatkichlarga e’tibor qarating

Internetda mulohaza qidirib u yoqdan kirib buyoqdan chiqdingizu bari befoyda bo’lsa, dastur haqida ma’lumot olishning yana bir oddiy usuli mavjud: iste’molchilar ko’rsatkich(reyting)i.

Foydalanuvchilar qoldirgan ko’rsatkichlar har doim ham kritiklarniki kabi haqqoniy, ma’lumotga to’la yoki bir-taraflama bo’lmaydi deb kafolat berolmaymiz. Masalan, ba’zilari dastur ommabopligini oshirish maqsadida qilingan soxta reklama bo’lib ham chiqadi. Shunisi ham borki, hattoki eng zo’r dasturlar ham arzimas noqulaylikni deb ham 1 yuldizli ko’rsatkichga uchrab turishlari oddiy hol. Biroq agar dastur bo’yicha past baholashlar ko’payib ketgan bo’lsa, ular barchasi ayni bir kamchilikdan nolisa, bu dasturni unutganingiz ma’qul yoki shunga o’xshash boshqa dastur qidirib qo’ya qoling.

Dasturni haqiqatda ishlashini ko’ring

Baholash va mulohazalar taqdim qila olmaydigan bir jihat mavjud: dasturni ishda qandayligini tomosha qilish. Masalan biron maqola sizga muayyan dasturni eng ishlatishga qulay (user-friendly inglizcha) deb ta’kidlashi mumkin. Yoki foydalanuvchi ham tanlagan dasturingiz ortiqcha vaznni yo’qotish bo’yicha “bozordagi eng zo’ri” deb bong urishi ham turgan gap. Lekin qanday qilib ishonch hosil qilsangiz ekan? Shunga o’xshash holatlar uchun, sizga video taqdimot yordamga keladi.

Masalan, YouTube sayti shunday taqdimotlar bilan to’la. Odatda foydalanuvchilar dastur xususidagi o’z tajribalarini filmga olishadi va uni yaxshi yoki yomonligi to’g’risida o’z fikrlari va tavsiyalarini berishadi. Agar biron dasturga shubha qilsangiz, uning aynan nima vazifani bajarishini ko’rsatuvchi video taqdimotlardan foydalaning. Avvaliga harid qilib yoki o’rnatib keyinchalik afsuslangandan ko’ra, ushbu dasturingiz videosi bor yo’qligini tekshirishni maslahat beramiz.

Dasturni “Lite”(Lite – ingl. yengil)) muqobilini izlab ko’ring

Ehtimol siz ham ko’p guvohi bo’lgandirsiz, “Store”ga kirganingizda yangi dasturlarni o’z qurimangizda o’rnatib ko’rgingiz keladi. Barmog’ingiz “sotib olish” yoki “o’rnatish” tugmasi ustida tavakkal qilishga botinolmay turibdi. Lekin bir muddat to’xtang, chunki bu dasturning tekin muqobili topilishi mumkin.

Namco Bandai kabi katta developerlar o’zlarining Pac Man o’yinlarini bepul nusxasini ham chiqarib qo’yishgan bo’lishadi. Ular “avval tatib ko’rish keyin harid qilish” tamoyiliga asoslanadi. Aynan shularni “lite” muqobil deyiladi.

Lite muqobili developerlar o’z dasturlari haqida tushunchaga ega bo’lishingiz uchun, bir nechta xususiyatlarni ishlatib ko’rishingizga imkon beradi. Undan tashqari dasturni to’liq muqobilini sotib olish yoki o’rnatishdan avval bir qarorga kelishingizni osonlashtiradi.

Ishlab chiqaruvchi haqida ko’proq biling

Haqiqattan, yuqori sifatli dastur tayyorlovchidan – faqatgina pul topish niyatidagisini ajratib olish unchalik qiyin emas. Shuning uchun ham, mahsulotni original yoki soxta, yuqori sifatli yoki xashaki ekanligini bilishga qiziqsangiz, uning manbasini o’rganing.

Dasturni topganingizdan so’ng, uni ishlab chiqarishga mas’ul shaxs yoki korxona nomi keltirilgan bo’ladi. O’sha yerdan, ularning veb sahifalarini ko’zdan kechirib, ularning boshqa tuzib chiqqan dasturlarini tekshiringiz mumkin. Agar manbalar yaxshi deb topilgan dastur ishlab chiqarish bo’yicha anchagina uzoq vaqtdan beri ishlashayotgan bo’lsa, demakki uni o’rnatsa bo’ladi. Agar aksincha bo’lsa, bu yerda bir gap bor…

Dastur qachon yangilangani e’tibor qarating

O’rnatmoqchi bo’lgan dastur haqida qiziqtirgan savollardan biri – shu dastur avvalo ishlash yoki ishlamasligidir. Onlayn tizimda minglab dasturlar dasturchi(developer)lar tomonidan “tark” etilgan. Natijada, ular eng so’nggi operatsion tizim yoki qurilmangizda umuman ishlamasligi ham ehtimoli ham mavjud. Buni tekshirishning tez yo’llaridan biri – dastur ohirgi yangillangan sanasidir.

Deylik ohirgi 2 yo 3 yil umuman yangilanmagan bo’lsa, bu ehtiyojingizni boshqa tomondan qidirishingiz kerak ekaniga ishora. Hech bo’lmaganda, o’rnatishdan avval ozroq vaqt sarflab qidirishni amalga oshirish va eng so’nggi mulohazalarni o’qib chiqishingiz maqsadga muvofiq.

Manba: lifehack.org

Abdulaziz Qodirov tarjimasi.

 

(1,029 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: