adwords

Qanday qilib Google reklamalarini o’chirib qo’yish mumkin?

Feysbook reklamalarida ba’zida sizning ismingiz va rasmingizni ko’rgan bo’lsangiz kerak. Agar Feysbukdagi biron narsaga “Like”ni bosib yuborgan bo’lsangiz, saytda sizning nomingizdan izoh va rasmingiz reklamalarda ko’rina boshlashi  mumkin.

Sizga bu holat kutilmagan bo’lishi  mumkin. Google’da ham xuddi shunday. Google’ning privacy policy (inglizcha)si bo’yicha ham siz va sizning rasmingizni reklamalarida ko’rinishiga kelishuv mavjud.

Uning nomlanishi inglizcha – Shared Endorsements. Uning ishlashi quyidagicha: Misol uchun, siz Google’dan biron telefon qurilmasini qidirmoqdasiz. Qidiruv natijalari ichida, siz o’z do’stingizning rasmi va izohi bilan birga 5 yulduzli baholovi(reytingi)ni uchratasiz.

Tabiiyki bu sizni diqqatingizni tortadi. Axir do’stingiz rasmi qidiruv natijalarida turibdi.

Shared Endorsement mana bunday ko’rinishga ega:

4.1

Balki, do’stingiz ushbu joyda +1 tugmasini bosgan bo’lishi mumkin. Balki u Google Maps’dan yaxshi reyting bergandir. Nima bo’lganda ham, Google ushbu reklamalarda sizga bog’liq kishilarni ko’rsatadi. Xuddi shu uslub boshqa store’larda ham qo’llaniladi. Bu o’ziga xos psixologiya bo’lib, mahsulotlar reklamalarida keng qo’llaniladi. Ba’zi kishilarga bu reklamalar qulaylik tug’diradi, ba’zilar esa aksincha bunday narsalarni uncha yoqtirishmaydi.

Shunday qilib, reklamalar faqatgina Google+ ‘da siz foydalangan ism va rasmni ishlatishi mumkin. Qidiruv sistemalari yetakchisi ta’kidlashicha u Shared Endorsement yoki “sizning tavsiyangizni” faqatgina do’stlaringizga ko’rsatadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, bu ba’zilar uchun chalg’itish bo’lib ko’rinishi mumkin.

Unday bo’lsa, Google’ni o’rniga boshqa o’rinbosar hizmatlar bormi? Ularni ishlash uslublari qanday? Hozirda qidirish hizmatining o’rinbosarlari avvalgidan ko’ra ko’paygan, biroq shunday Google manbalari borki, ularni o’rinbosarlar orqali amalga oshirishning imkoni yo’q. Android foydalanuvchilari buni yaxshi bilishadi – Google akkauntlari ko’pgina Android imkoniyatlari bilan bog’lab qo’yilgan.

Lekin shunday bo’lsa ham, reklamalardan o’z rasm, ism va “Like” laringizni chiqmasligini sozlash orqali amalga oshirish mumkin.

Shared Endorsement (link) xususida ba’zi tavsiyalar bor: undan chiqib ketishning iloji bor. Shared Endorsement sahifasini oching va Google akkauntingizga kiring. Agar hali kirishni amalga oshirmagan bo’lsangiz quyidagicha rasmga ko’zingiz tushadi.4.2

Qachonki akkauntingizga kirganingizda ushbu sahifaga duch kelasiz. Sahifaning paski qismiga tushing va inglizchadagi “Based upon my activity, Google may show my name and profile photo in shared endorsements that appear in ads“ni “NOT” qilib belgilang.

 

Keyin esa “Save” tugmasini bosing. Va bor yo’g’i shu.

4.3

Google o’rinbosarlaridan foydalanish

    Hattoki reklamalardan qutilishga erishsangiz ham, boshqa o’rinbosarlarda ham bir kun kelib shunga o’xshash muammoga duch kelishingiz ehtimoldan yiroq emas. Agar siz Google+ foydalanishni to’htatmoqchi bo’lsangiz mana bu link orqali o’rishingiz mumkin. Yuqorida aytib o’tganimizdek, Google o’rinbosarlarini ishlatishingiz mumkin, lekin uning ba’zi hizmatlarini o’rinbosari yo’q.

Balki boshqa qidiruv hizmatidan foydalanish xohlandingiz ham deb faraz qilaylik. Lekin uning qay darajadaligini kerak. Bu xususida kelgusi maqolalarimizda so’z yuritamiz.

Manba: komando.com

Abdulaziz Qodirov tarjimasi asosida

dasturchi.uz tayyorladi.

 

(232 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: