printer

Printerdan pul tejab qolishni 5 yo’li


printer

Sizga shoshilinch savol: Uyingizdagi mavjud eng qimmat suyuqlik nima? Agar siz benzin yoki atir upa deb o’ylayotgan bo’lsangiz adashasiz. Yana bilishingiz kerakki, uskunangiz har kuni bir qancha siyoh yo’qotadi. Quyidagicha vaziyat sodir bo’ladi: Juda mayda miqdordagi siyoh kartrij ichida va nashr qilish yo’lagidan bug’lanib yo’q bo’ladi, biroz siyoh kartrijni o’zida qoladi va qog’ozga umuman tushmaydi, lekin eng ko’p yo’qotish esa nashr qilish yo’lagidagi automatik sozlash vaqtida yuz beradi. Balki guvohi bo’lgandirsiz: nashr mashinangizni yoqqaningizda ushbu sozlash tovushlari chiqib turadi. O’sha tovushlar qurigan siyohni tozalash maqsadida mayda siyoh donachalarini sepayotganidan va yangi ishga taraddud ko’rayotganidan darak.

Baxtga qarshi bu qismi to’g’risida hech narsa qilolmaysiz. Lekin siz ko’rishingiz mumkin bo’lgan choralarni taqdim etamiz:

1. Yozayotgan fontingizni o’zgartirib ko’ring

Mayda harflarni deb ko’zoynak qidirib qolmasangiz, demak kichikroq fontda va hajmda chiqarib ko’rish mumkin. Bu sarflayotgan pulingizga albatta ta’sir etadi.Iloj qilsangiz qog’ozni ikki yoki hattoki to’rt betga bo’lib chiqaring. Buning uchun printerning menyusiga kirib, “varoq ichidagi betlar” degan yozuvni tanlash kifoya.

Undan tashqari masalan EcoFont da yozish eng tejamkor uslub ekanligi aniqlangan. Uning siri shundaki, fontdagi har bir harf o’zida kichik bo’shliqlarga egaligidir, natijada 25 foiz siyoh kamroq ishlatasiz, lekin bu bilan o’qiy olish sifati buzilmaydi. Menyudan foydalanib nashr sifatini pasaytirish mumkinligi yana bir qulaylikdir. Tanlovingiz har bir  “inch”ga 300 ta nuqta (dpi – dots per inch) to’g’ri kelsa yetarli degani.

Chiqarishdan avval rezolyutsiyani pasaytirish yoki muhim bo’lmagan chiqarmalarga – qoralama muqobilini ishlatish ham yaxshi ish beradi. Rangli chiqarishlar qimmatga tushishidan iloji boricha oq-qorada chiqarib ishlang.

2. Faqatgina keragini chiqaring

Hech internetdan vebsahifani nashr qilib ko’rganmisiz? Qayerdagi reklama, sahifa chetlari, rasm va boshqa keragi yo’q elementlarga “tonnalab” siyoh ketgazgan bo’lishingiz turgan gap. Tasavvur qiling, faqatgina o’zingiz istagan sahifalarnigina qog’ozga chiqarish imkoni bor. CleanPrint va PrintWhatYouLike qo’shimcha qo’llanmalari huddi shuning uchun mo’ljallangan. CleanPrint veb sahifalari bilan ishlovchi vosita bo’lib, u keraksiz reklama va sahifa chetlarini olib tashlaydi. O’sha yerdan turib, rasm yoki matnni o’chirishingiz, yoki font hajmini kamaytirish va yana izohlar kiritishingiz mumkin.

PrintWhatYouLike o’zi internet sahifasi bo’lib, boshqa sahifalar ustida nimani chiqarish yoki chiqarmaslikni tanlashda ishlatiladi. Sahifa manzilini kiritasiz va tanlagan sahifangizni istagan bo’lagini o’zgartirish yoki olib tashlashingiz mumkin bo’ladi.

3. Printeringizga ishonavermang

Printeringiz avtomatik ravishda siyoh tugaganligidan nolishni boshlashi bilan, yangi siyohga shoshilmang. Tajriba ko’rsatishicha ba’zi hollarda 30 foizgacha siyoh ishlanmay qolib ketishi mumkin. Maslahatimiz siyoh qog’ozda ko’rinmay qolguncha chiqaravering.

4. Siyohdan voz keching

Agar chiqaradiganingiz asosan matn bo’lsa, purkagichli printerni lazerligisiga almashtirish haqida o’ylab ko’ring. Lazerli printerlar aslida qimmatroq bo’lsa ham, chiqayotgan har bir varoq hisobiga siyoh o’rniga ikki marotabacha yutasiz.

5. Yoki umuman chop etmang

Agar rostdan ham mushohada qilinsa, hozirgi darajada chiqarishni o’zi kerak bo’lmasligi ham mumkin. Hozirda raqamli (digital) shaklda ma’lumot tashuvchilar turlari ko’pligidan, printer foydasi cheklanib qolayotganligi sir emas.

Yoki olaylik, siz o’z faylingizni PDF shakliga solib qulaylikka ega bo’lishingiz mumkin. Misol uchun, DoPDF o’z matningizni bir necha soniyalar ichida PDF shakliga tushirib beradi. Shunda siz ma’lumotni saqlagan, tartiblagan va o’qigan bo’lasiz, siyoh esa tejalmoqda. Agar shunda ham chiqarish kerak bo’lsa, ana unda chiqaraverasiz.

Manba: komando.com

Abdulaziz Qodirov.

(878 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: