clean

Kompyuter changini tozalaymiz

 

Ventilyatorlar sababli, korpus ichida doimiy havo harakati vujudga keladi. Xosil bo‘lgan chang esa, korpusni ichida qoladi. Changni eng ko‘pi yig‘iladigan joyi bu korpusni ostki qismi. Vaqt o‘tgan sayin chang ko‘payib boradi. Chang ko‘pligi sababidan, “blok pitaniya” ichida “zamikaniya” yuz berishi mumkin. Bu narsa tezkor xotirani yoki boshqa qurilmalarni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

chang

Korpus ichida yig‘ilib qolgan changni ketkazish uchun, bizga quyidagi asboblar kerak bo‘ladi:

  • Changyutgich yoki kuchli fen.
  • Mo‘yqalam
  • “Otvertka”

Tozalashdan oldin kompyuterni o‘chiramiz va tokdan olib qo‘yamiz.

1. “Otvertka” yordamida korpusni yon qopqog‘ini ochamiz. Ba’zida qopqoqlar vintlari qo‘lda burash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ba’zilarida esa plastik kalitlarni ochishni o‘zi kifoya qiladi.

2. Changni ketkazishda, changyutgich bilan mo‘yqalamni birga ishlatamiz. Changyutgichni yoqamiz, ikkinchi qo‘limizga esa mo‘yqalamni olamiz. Mo‘yqalam bilan tekisliklardagi changni changyutgichni “og‘ziga” qarab ketkazamiz. Mo‘yqalam bilan ishlashda ortiqcha kuch ishlatishni keragi yo‘q. Korpus ostidagi, qattiq disklar va DVDRom lar ustidagi changni shunday ketkazamiz. Jarayonni shleyflarni yechib, qattiq disk va DVD larni olgan holatda bajarilsa ancha qulay bo‘ladi.

Quyidagi rasmda, “sistemniy blok” ichida yig‘ilib qolgan changni ketkazish uchun ishlatishga qulay bo‘lgan, kichik va katta mo‘yqalamlar tasvirlangan. Kattasi sistmeniy blokni xohlagan joyini tozalashda ishlatish mumkin bo‘lsa, kichigini ventilyatorlarni qanotlarini va videokartani tozalashda ishlatish qulay.

moyqalam

3. Korpusdan “blok pitaniya”ni yechib olamiz. Uni ostidagi yoki orqasidagi ochiq joyga fen bilan xavoni urilsa, chang blok pitaniyani ikkinchi teshigidan chiqadi. Agar “blok pitaniya”ni ochishni iloji bo‘lsa uni ochamiz, ventilyatorini yechib olib uni alohida tozalaymiz. Diqqat! “Blok pitaniya”ni ichi ochilgan holda zinhor uni detallariga qo‘l tekkizmang. “Blok pitaniya” tokga ulanmagan bo‘lsa ham, ba’zi detallarida har doim tok bo‘ladi. Detallarni ustidagi changni fen yoki changyutgich bilan ketkazishni o‘zi kifoya qiladi.

4. Endi ona platadan video-karta, modem, tv-tyuner kabi qurilmalarni yechib turamiz. Video kartani yechishda ko‘pincha uni ona plataga bog‘lab turuvchi kaliti borligi xaqida unutmang. Olingan qurilmalarni toza joyga olib qo‘yamiz. Ularni ham changini ketkazishimiz kerak. Qurilmalarda chang ham ustki, ham ostki tarafida bo‘ladi. Ayniqsa video kartani radiatori va ventilyatoriga alohida e’tibor beramiz. Uni yaxshilab tozalaymiz. Ventilyatorni tozalashda unga fen yoki changyutgich bilan xavo urilsa ventilyator qimirlaydi. Shundan foydalanib mo‘yqalam bilan ventilyator qanotlaridagi o‘tirib qolgan changni ketkazamiz. Tezkor xotirani yechib olamiz va mo‘yqalam yordamida yig‘ilib qolgan changni ketkazamiz.

5. Ona platani tozalaymiz.

Ona platani tozalashda protsessorni atrofidagi joyga e’tibor beriladi. Agar ilojisi bo‘lsa protsessorni ventilyatorini o‘zini (radiatorni joyida qoldirgan holda) yechib olamiz va yuqoridagi usul bilan uni ham tozalaymiz. Protsesorni atrofidagi joyni mo‘yqalam bilan tozalab turib chiqayotgan changni shu zahoti changyutgich yordamida tortib turiladi. Shunday usulda ona platadagi barcha chang yetgan joylari tozalanadi. Protsessor ustidagi radiatorni ham yaxshilab tozalashga e’tibor bering. Changyutgich yoki fen yordamida chang tozalab bo‘lingandan so‘ng, korpus tagida va boshqa tekisliklarda (elektron qurilmalaridan tashqari!) qolgan chang qoldiqlarini nam “salfetka” bilan artib yuboriladi.

6. Yechib olingan “blok pitaniya”, protsessor kuleri, tezkor xotira modullari, video karta va boshqa qurilmalarni joy joyiga ulab qo‘yamiz.

Kompyuter korpusini har yarim yilda bir marta tozalab turish tavsiya etiladi.

Farhod Dadajonov.

(924 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: