670px-Clear-up-Unnecessary-Files-on-Your-PC-Step-3Bullet7

Kompyuter Asosiy Xotirasi(Hard Drive)ni tozalash kerakmi? 10 Daqiqada bajarsa bo’ladigan 5 xil chora

Diskdagi fayllaringiz orasidan keragini topish borgan sari murakkablashib bormoqdami? Fayllar turli tumanligi sababidan kompyuterda kundalik ishingiz sekinlashib kettimi? 1-2 kun ajratib quyidagi maslahatlarga amal qilib, o’z elektron hududingizni tartibga keltirishingiz mumkin.

 

1. Papkalarga Ajrating

Hujjatlar papkasi juda tez fursatda fayllar uloqtiriladigan “tashlandiqxona”ga aylanishi, o’z navbatida zaruriy narsalarni topishda esa qiyinchilikka sabab bo’lishi mumkin. Hamma kerakli fayllaringiz bir papkada va aralash turishi ba’zi hollarda stressga olib boradi.

Buni oldini olish uchun papkalar yasash uchun biroz vaqt ajrating. Masalan turli nomdagi papkalar oching: O’qish, Ish, Media va h.k.

Papkalar ochilgandan so’ng fayllarni ko’chirish boshlanadi. Muammo sal me’yoriga kelish uchun ko’p hollarda 10 daqiqa atrofida vaqt talab etiladi.

 

2. Yuklanmalar (Downloads) Papkangizni Bo’shating

Ushbu yerda ham ko’pincha biror muayyan faylni orqasidan, nomi yoki fayl detallarini qidirib vaqt va asab yutqazamiz.

O’zi Yuklanmalar Papkasi faqatgina vaqtinchalik joy sifatida ishlatilgani maqul. Agar faylni kerakli papkasiga olib o’tsangiz yaxshi;

agarda “keyinroq kerak bo’lib qolar” desangiz – uning uchun eng yaxshi joy – fayl nomidagi papkadir.

Yana ba’zi hollarda qidirayotgan faylimizni Yuklanmalarda ko’rmay qolib boshqattan internetga murojaat qilib, megabaytlar ham isrof bo’ladi.

 

3. Ish Stolingizni (Desktop) Tozalang

Ish stolingiz yuklamalar papkasiga o’xshab qolganmi? Tartiblanmagan ish stoli ish yoki o’qishingizda vaqt yutqazishingiz, stressga uchrash, yoki umuman olganda unchalik ko’ngilga hush kelmasligi ham bor gap. Eng yaxshi choralardan biri – barchasini yangitdan boshlash; kerakli joylarga fayllarni tartiblab chiqish.

Ko’p kishilar ushbu ishni qilishga o’n daqiqa yetadi degan bir paytda, agar sizning ish stolingiz “ultra tartibsiz” bo’lsa, ko’proq vaqt sarflash yoddan chiqmasin. Eng muhimi boshlab olish. Haftada 2-3 marta diqqatingiz bo’linadi vassalom.

Ko’p hollarda qo’lingiz ushbu ovoragarchilikka bormasa ham, manabu holatni ko’z oldingizga keltiring: har safar kompyuteringiz yoqilganda ish stoli saranjom, qaysi fayl qayerda ekani kundek ravshan, hech qanday ixtiro va tavakkalchilikka o’rin yo’q. Buning uchun qandaydir daqiqalar arziydi.

 

4. Egizak Fayllardan Qutiling (Hushyorlik bilan)

Bittadan ko’p nusxadagi fayllar asosan xotira yo’qotishga kiradi. Kam sonli rasm yoki audio faylni ko’pgina nusxasi qattiq zarar bermasada, xuddi shunday nusxa 100 fayl uchun bo’lsa, allaqachon uzoq xotiramiz zararlanayotgan bo’ladi.

Hozirda egizak (duplikat) fayllarni o’chiruvchi dasturlar internetda bemalol topiladi. Lekin biz sizlarga shuni eslatib o’tmoqchidikki, ushbu dasturlarni eng yaxshi qo’llanishi va foyda olish uchun asosan media va tizimli bo’lmagan boshqa formatdagi fayllar uchun ishlating (jpg, mp3, pdf va h.k.) Tizim fayllarini to’satdan o’chirib yuborish havfi yo’q emas.

 

5. Fayllarni Dastur ichida Joylashtiring

Hozirda ko’plar Evernote yoki shu kabi dasturlardan foydalanib, diskdagi joylarini tartiblashmoqda. Bunday dasturlar ichiga portfoliolar, fayl va papkalarni ham joylashtirsa bo’ladi.

Onlayn dasturlar ham ushbu usulda ancha qo’l keladi. G’arbda rasm va turdosh fayllar uchun Pinterest va boshqa xizmatlar ishlab turibdi. Undan tashqari Dropbox fayllaringizni boshqa turli kompyuterlardan kirib boshqarish imkonini beradi. Google+ yoki Facebook yoki boshqa ko’plab onlayn hizmatlar mavjud.

Nima bo’lganda ham, o’z kompyuteringizdan fayllarni olib kerakli dasturga o’tkazing, buning uchun 10 daqiqangizni qizg’onmang. Chunki buncha vaqt ichida tozalash mumkin bo’lgan joyni ko’rib hayratlanishingiz turgan gap.

 

Agar sizda boshqa turdagi usullar mavjud bo’lsa Marhamat izohlarda Sizning Fikringizni kutamiz!

 

Manba: Makeuseof.com

(1,194 marta o'qilgan, bugun 2 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: