Google-Search-Tips-Cover

Google’dan oson qidirishing usullari

Gugl qidiruv tizimi eng kuchli qidiruv tizimlaridan biri hisoblanadi. Gugldan qay tarzda qidirsak bizga kerakli ma’lumotlarni tezkor olishimiz mumkin? Bu savolga quyidagi usullar yordamida javob topish mumkin:

  1. Odatiy qidiruv usuli: Masalan o’zbek milliy taomlari so’zlarini qidiramiz, va natijada bizga ketma-ketligidan qattiy nazar aynan o’zbek, milliy, taomlar so’zlari qatnashuvchi web-sahifalar olib chiqiladi.

  2. Aytaylik bizga aynan shu ketma-ketlikdagi so’zlar qatnashgan web-sahifalarni qidirishimiz kerak bo’lsin, u holda kalit so’zni qo’shtirnoq ichida ko’rsatishimiz kerak bo’ladi, masalan,
    o’zbek milliy taomlari “.
  3. Boshqacharoq holat, agar bizga ma’lum so’zlar qatnashmagan web-sahifalar kerak bo’lsa “-” belgisini keraksiz so’z oldiga qo’yiladi. Bu orqali siz qidiruv natijangizni qisqartirib kerakli faqatgina kerakli ma’lumotlarni tezroq va osonroq olishingiz mumkin. o’zbek milliy -taomlari .
  4. Google orqali ma’lum bir turdagi fayllarni ham qidirishimiz mumkin, bunda filetype kalit so’zidan foydalanamiz. Masalan matematika fani filetype:doc . *.doc faylidan boshqa yana boshqa ba’zi fayllarni ham qidirishimiz mumkin masalan: *.ppt, *.xls, *.pdf kabilar.
  5. Aytaylik biz qidirgan ma’lumotlar ma’lum bir sayt(masalan: www.islom.uz, www.ziyonet.uz) yoki domenga(masalan .uz, .ru yoki .com) tegishli bo’lgan web-sahifalardan qidirishimiz kerak bo’lsin. U holda site kalit so’zidan foydalanamiz:
    www.ziyouz.uz saytidan matematika kalit so’zini qidiramiz: matematika site:ziyonet.uz yoki uz domenidan qidirsak matematika site:uz.
  6. Xattoki saytlarning URL manzili orqali ham qidirish mumkin bunda inurl kalit so’zidan foydalanamiz, masalan, URL manzilida dastur so’zi qatnashgan va uz domenidagi web-sahifalarni qidirsak: foydali inurl:dastur site:uz

Yuqorida keltirilgan 6 usulni bir-biri bilan qo’shib foydalansa bo’ladi, masalan uz domenidagi pdf fayllar va hokazo.

(429 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: