chrome-extensions

Google Chrome uchun foydali qo’shimcha dasturchalar (kengaytma, расширение, extension)

1. Mail Checker Plus for Google Mail™
Gmaildagi pochtangizga xat kelishi bilanoqa sizga xabar beradi. Shu dasturning o’zida kelgan yangi xatni ko’rish va unga bog’liq bo’lgan boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.
2. Adblock Plus for Google Chrome™
Internetdagi e’lonlar sizning joningizga tegdimi? Endi buning yo’li oson. Adblock Plusni o’rnatsangiz kifoya! Aytgancha, bu dastur hamma brauzerlar uchun mavjud.
3. Chime
Chime yordamida Gmail, Twitter, Facebook va boshqa saytlaringizdagi yangiliklardan doimo xabardor bo’lib turasiz.
4. Text mode
Turli video, rasm va flash dasturlardan bezor bo’ldingizmi? Text mode bilan siz internet sahifalardan faqat matn ko’rinishida foydalanishingiz mumkin.
5. Evernote Web Clipper
Evernote dasturi foydalanuvchilari uchun maxsus dastur. Evernotedan oson va tez foydalaning!
6. StayFocusd
Ish davomida sizni chalg’itayotgan internet sahifalarga blok qo’yib qo’ying va butun fikringizni jamlab, to’laligicha ish bilan mashg’ul bo’ling.
(514 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: