Close
batch-rename-files-featured

Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish

Windows operatsion tizimida fayl kengaytmalarini qanday o’zgartirsa bo’ladi?

Fayl kengaytmalari turlicha bo’lib, ular faylning turini hamda qaysi ilova orqali ochilishi kerakligini aniqlashda muhim o’rin tutadi. Masalan: .txt, .exe, .doc, .jpg va hokazo. Turli sabablarga ko’ra ba’zida ularni o’zgatirishga to’g’ri kelib qoladi. Windows XP tizimida buni amalga oshirish uchun muammo yo’q. Kerakli faylni belgilab, “Qayta nomlash” (Переименовать, Rename) amali orqali fayl nomini va kengaytmasini qiyinchiliksiz o’zgartirsa bo’ladi. Ammo, Windowsning keying tizimlarida buning uchun biroz mehnat talab qilinadi.

Quyidagi misolda bu qanday amalga oshirishni ko’rib chiqamiz. Dasturchi nomli fayl .txt kengaytmasiga ega, Блокнот (Notepad) ilovasi yordamida ochiladi.

001

 

Hujjatning .txt kengaytmasini .rtf ga o’zgartirish uchun, fayl joylashgan papkaga kirib, Alt tugmasi bosiladi. Papkaning tepa qismida paydo bo’lgan menyudan Сервисga kirib, Параметры папок… tanlanadi.002

 

Hosil bo’lgan oynadan Вид bo’limiga kirilib, Скрывать расширения для зарегистрированных типов файлов qismidagi belgi olib tashlanadi.

003

 

Natijada holat quyidagicha bo’ladi va OK tugmasi bosiladi.

004

 

Endi Windows tizimi fayllarning kengaytmalarini ko’rsatishni boshlaydi.005

 

Faylni belgilab qo’shimcha menyudan Переименовать tanlanadi yoki F2 tugmasi bosiladi. Kerakli kengaytma nomi kiritiladi (misolda .rtf).

006

 

Kengaytmani o’zgartirib saqlayotganingizda quyidagi ogohlantirish paydo bo’ladi. OK tugmasi bosiladi.
007

 

Endi fayl quyidagi ko’rinishda bo’ladi. E’tibor bering, endi uni ochadigan ilova ham o’zgargan.

008

(519 marta o'qilgan, bugun 3 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: