Computer Hackers Meet For Annual Congress

Eng ommaviy 7 texnologik maslahat, va ularning qaysilariga ishonsa bo’ladi?

Computer Hackers Meet For Annual Congress

Kompyuter yoki boshqa uskunalarimizda nosozlik ko’ringanda qo’llaydigan bir qancha uy sharoitidagi choralar yuzaga kelgan. Lekin yillar o’tsa ham ularni qo’llash ish beradimi, yo balki o’sha uskunamiz zarar ko’rib qolmasmikin? Bugun siz bilan hammamizga ma’lum: “o’chirib yoqish” va “ko’prog’i yaxshi”dan tortib “bir tepib ko’rchi” kabi ommaviy uslublarni ko’rib chiqamiz. Chunki bir nechta soxta “yechimlar” kutilmagan syurprizlarga olib borishi mumkin.

“O’chirib yoqib ko’ring” maslahati

Agar biror marta ustaga murojaat qilgan bo’lsangiz, birinchi eshitadigan savolingizni yaxshi bilasiz: “O’zi qayta yoqib ko’rdingizmi?” Ba’zida ko’p hollarda foyda berganidan, uni hamma katta-kichik muammoga ishlatish ham hayolingizga kelishi mumkin.

Haqiqattan ham, qayta yoqish ko’p hollarda eng yaxshi chora. U uskunangizga o’zini qayta yangilash va to’planib qolgan mayda hatoliklarni bartaraf etishda qo’l keladi.

Xulosamiz: Yaxshi chora

“30 soniyacha o’chiq tursin”

Bu ustalarning yana bir yoqtirgan nasihatlari. Ular sizga masalan kompyuteringiz yoki modemingiz o’chirib 15 yoki 30 sekundcha o’chirib qo’yishni tavsiya etishadi. Bu vaqt haqiqattan ish beradimi?

Modemingiz va qolgan barcha uskunangiz ham, muayyan quvvat sig’imiga ega bo’ladi. Shu sig’imda mashina o’chirilganda kamida 10 soniyagacha energetik kuchlanishni o’zida ushlab turadi. Ba’zilar qayta yoqishdan oldin quvvat sig’imi butunlay bo’shab olishi uchun 30 soniya kutishadi. Energitik kuchlanish bo’lgan paytda, uskunangiz RAM xotirasi hali ham faol holda turadi. Bu degani qanaqangi muammoni tuzatishga urinmang, bu vaqtda bu kamchilik hali butunlay yechilmagan bo’ladi. Agar shu holatda darrov yoqib yuborsangiz, muammo qayta yuzaga chiqadi.

Shuning uchun ham qanchalar g’alati va keraksiz ko’rinmasa ham, o’chirganingizdan keyin qayta yoqishga shoshilmang.

Xulosamiz: Yaxshi chora

“Kompyuteringizni tunda o’chirmang”

Ba’zi odamlar kompyuteringizni umuman o’chirmaslik kerakligini aytishadi. Ularning asosiy argumenti: kompyuterni qancha o’chirib yoqsang, shuncha tezroq ishdan chiqadi.

Bu tushuncha Shaxsiy Kompyuterlar endigina ommabop bo’layotgan paytlarda ishonchli bo’lgani bilan, hozirda umuman muammo emas. Kompyuteringiz o’chirib yoqqaningiz tufayli charchab yoki buzilishi qiyin. Aslida shu yo’l bilan siz elektr quvvati va unga ketadigan pulingizni asrab qolasiz.

Biroq, har tunda kompyuteringiz o’chirilishi qat’iy shart degani emas albatta. Ko’plar ushbu holatlarda uskunaning “Uyquga ketish” xizmatidan foydalanadi.

Xulosamiz: Yomon chora

“Kompyuterni o’chirish uchun “Power” tugmasini bosib turing”

Hozirgi kompyuterlarni o’chirishning ham o’ziga yarasha jarayonlari mavjud. Misol uchun Start>>Shutdown menyusini olaylik. Shunda siz kompyuteringiz to’la o’chguncha “namuncha ko’p o’ylanmasa bu” deb qolgan paytlaringiz ham bo’lgandir.

Ba’zi kishilar shunchaki Power tugmasini bosib (zamonaviy gadjetlarda zudlik bilan o’chirish uchun tugmani 5-10 soniyagacha bosib turishingiz lozim) yoki elektr quvvati kiradigan tarafdagi yoqish/o’chirish tugmasini ishlatishadi. Chunki u ancha tezroqdir.

DOS va Windows 3.1 zamonida kompyuterlarni shu tarzda o’chirish oddiy hol edi. Lekin yaxshisi zamonaviy operatsion tizimlar bilan bu holda “so’zlashmang”. Ular RAM tez xotira bilan ko’p ish yuritadi, bu esa doimiy elektr quvvatini talab etadi. Gadjet o’chirilganda, muhim elementlar qattiq xotiraga tushgan tushmaganligini hal etadi va bunga biroz vaqt sarf qiladi.

Agar darrov o’chirish/yoqish tugmasini bosib qo’ya qolsangiz, o’zingizga kerakli ma’lumotlardan judo bo’lishingiz mumkin. Yo’l yo’lakay operatsion xatolar ham shu holatlarda yuzaga keladi. Ushbu tugma uchun eng maqbul holat, kompyuteringiz shundog’am “muzlab” qolgan holatidir. Unda hech narsa yutqazmaysiz.

Xulosamiz: Yomon chora

“ ‘Screensaver’ o’rnating”

Hozirda kompyuterini boshqalarnikidan ajratib turish uchun ko’pchilik “screensaver” o’rnatib oladi. Bu bilan o’z hobbilari yoki qiziqishlarini namoyon etishlari mumkin. Bu holat faqatgina kompyuterlarning o’zidagina emas, boshqa gadjetlarga ham ko’chib o’tmoqda.

Boshlanishida ular haqiqattan ham monitorni saqlash uchun o’ylab topilgan. Eski turdagi CRT monitorlari agar bir xil rasmni uzoq vaqt ko’rsatib turadigan bo’lsa kuyish hollari ko’payib ketgan. Hozirgi LCD va LED monitorlari bo’lsa bunday nuqsondan holi. Agar “bobomdan qolgan” monitorlaringiz bo’lmasa, siz uchun “screensaver” o’ta zaruriy emas. Yoki uni faqatgina zerikmaslik uchun qo’llang.

Xulosamiz: Yomon chora

“Qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi”

Hozirgi kunda texnologiya borgan sari “ko’prog’i”ni talab etmoqda. Avtomobillar ko’proq ot-kuchi yoki bagaj sig’imi, samalyotlar esa ko’proq tezlik, sig’im va uchish tepaligi yoki shu kabilarni ortidan bormoqda.

Raqamli texnologiyalar ham bulardan qolishmaydi. Misol uchun 90 yillar va yaqinlargacha kishilar kompyuterlardan ko’proq prosessor tezligi va ko’proq xotira sig’imini izlab kelgan. Raqamli kameralarda maqsad ko’proq megapiksellar qaratilgan bo’lsa, hattoki hozirgi smartfonlarga kattaroq monitor va yuqori tezlikka qaratilgan.

Lekin borib-borib gadjetlardagi “ko’proq” degan xususiyat o’z qadrini yo’qotib bormoqda. Ko’pgina sohalarda, texnologiya o’rtacha odam ehtiyojidan bir necha karra o’tib ketdi. Deyarli barcha qimmat bo’lmagan kamera ham yaxshi rasmga oladigan, har qanday “byudjet” kompyuteri ham asosiy vazifalarni bemalol bajaradigan bo’lib qolmoqda.

Endigi talab “ko’p”dan – “mo’tadillik”ka o’tmoqda. Agar gadjetingiz bitta yuqori xususiyatga ega lekin qolgan hammasidan ko’rsatkichlar past bo’lsa, to’laqonli mahsulotga ega emassiz.

Agar xaridingizdan mamnun bo’lishni istasangiz, avvalo undan qaysi vazifalarda foydalanmoqchi ekaningizni aniqlang.

Xulosamiz: Yomon chora

“Agar ishlamay qolsa, bir urib ko’ring”

O’tmishda kompyuter va boshqa elektronikalar bir nechta bo’sh tuzilgan ulanishlardan iborat bo’lgan, shunday hollarda bu usul ayni muddao bo’lgan.

Muammodan qutilish uchun hozirda yaxshisi boshqa chora ko’rgan maqul. Agar mabodo kompyuteringizga “ho’jayin aslida kim ekanligi”ni bildirib qo’yishni istamasangiz, uni urmay qo’ya qoling.

Xulosa: Asosan yomon chora

Manba: komando.com

Abdulaziz Qodirov.

(388 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: