34

Email orqali Kundalik Mutoala qilish (O’qish) uchun -Dripread dasturi

Har kuni ozgina fursat sarflab, oxir oqibat ko’pgina kitoblarni bitirmoqchimisiz? Ushbu hizmat orqali sevimli kitobingizdan “xazm” qilsa bo’ladigan bo’laklarini elektron manzilingizga yuborib turing.

Agar bizga suv va havodek muhim zaruriyati bo’lmasa, hozirda bir kitobni o’qib chiqish o’ta qiyin bo’lib ketmoqda. Dripread dasturi sizga o’qiyotgan kitobingiz to’g’risida eslatma berishidan tashqari, inbox‘ingizga har kunlik materialingizni berib boradi.

Agar internet sahifadagi ko’pgina tekin kitoblardan o’qishni istasangiz, Dripread sizdan yangi akkaunt ochishingiz (ro’yhatdan o’tish) ni  talab ham qilmaydi. Shunchaki to’plamdan biron kitobni tanlang, email manzilingizni kiriting va “ushbu kitobni yuborishni boshlash” tugmasini bosib qo’ysangiz bo’ldi.

So’ngra o’z email manzilingiz va kitob tanlovingiz to’g’risida elektron yozishma qabul qilasiz. O’z shaxsiyatingiz va maqsadlaringizni tasdiqlaganingizdan so’ng, tanlagan kitobingiz kunlik kelish tartibi haqida ma’lumot olasiz. Bir kun o’tib kitobingizning birinchi bo’lagini o’qishingiz mumkin, lekin agar darrov ishga tushishni xohlasangiz, birinchi kelgan xatda navbatdagi bo’lakni bir yo’la talab qilishingiz mumkin.

Har bir bo’lak o’sha kitobni email tarzida kelishini bildiradi, hech qanday biriktirilgan ma’lumot bo’lmaydi. Har bir bo’lak o’qib bo’lingandan so’ng “Done Reading” ya’ni o’qib tugatilganlik haqidagi link kelib tushadi. Keyingi bo’lakni qabul qilish uchun ushbu linkni bosasiz, aks holda o’qilmagan bo’laklaringiz kelaveradi. Agar bir kunda bittadan ko’proq bo’lak o’qish niyatingiz bo’lsa, yuqoridagi link keltirilganda uni bosib, yangi bo’laklar haqida Dripread sahifasidan “keyingi bo’lak” degan joydan kerakli talabingizni kiritasiz.
Dripreaddan foydalanish uchun sizdan akkaunt talab etilmasada, agar yangi akkaunt ochganingizda (u tekin va faqat email manzilingiz talab etiladi) o’z elektron-kitoblaringizni ham yuklashingiz mumkin, yagona talab ularning EPUB formatida bo’lishi. Ushbu hizmat Dripread sahifasidagi “My Books” bo’limi orqali ishlatiladi.

Dripread kunlik jo’natmasida bir bo’lak bir varaq ma’lumotni o’z ichiga olsada, ushbu bir varaq oddiy kitobdagidan sal ko’proq bo’lib farq qiladi. Misol uchun, E.M.Forsterning “Where Angels Fear to Tread” kitobi 300 sahifa bo’lib, Dripread uni 72 bo’lakka ajratadi, yoki Lev Tolstoyning Urush va tinchligi 1000 betni o’z ichiga olsa, bo’laklarda 757 talab qiladi. Agar Urush va tinchlikni kuniga bir bo’lakdan o’qib chiqishni ko’zlasangiz sizga ikki yil muddat kerak bo’ladi. Albatta boshlanishida ushbu muddat kitob uchun uzoq bo’lib tuyuladi, lekin aks holda hozirgi tezligingizda bu kitobga qancha vaqt sarflamoqdasiz?

Dripread huddi shunday xususiyatni veb matnlarga ham sinov tariqasida qo’llamoqda.

Manba: cnet.com

(239 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: