antivirus

Bepul Antivuruslar statistikasi

antivirus

Kundalik hayotimizda ko’pchilik oddiy foydalanuvchilar tez-tez uchrab turadigan muammolardan biri Antivirus’lardir. Masalan, bizda ko’pchilik tomonidan ishaltiladigan Kasperskiy’ni yoki ‘ESET Nod32’ olaylik, ular uchun o’g’irlangan yoki buzilgan kalitlarni internetdan topib qo’yish, antivirus bazasini yangilab turish va hokazolar oddiy foydalanuvchilarning deyarli doimiy tashvishlaridan biriga aylangan. Antiviruslar o’z navbatida antivirus dasturlarini taqdim qiluvchi kompaniyalarga qarab turli hil bo’ladi. Kompaniyalar asosan bepul (Free) va maxsus imkoniyatlarga ega pillik(Paid) versiyalarni taqdim qilishadi. Foydalanuchilar ba’zi bir pullik antiviruslarni boshqa bepul bo’lgan antivirusdan qulay va ishonchli hisbolashadi. Eng yomon tomoni kimdir yillab mehnat sarf qilgan dasturni o’g’irlab,”kompyuter bilimdonlari”  tomonidan sanoqli daqiqalar ichida o’zlashtirish odamni noqulay holatda tushiradi (ushbu satrlar muallifi dasturchi bo’lgani uchun bu mehnatlar mashaqqatini yetarli darajada his qiladi). Axir sotib olishga imkoniyat bo’lmasa, bepul muqobillari ham yetarli! Biz sizga tushuntirishga harakat qilamiz.

Masalan, Avast Free Antivirus bu hozirda bepul antiviruslar ichida eng mashhur va ko’p foydalanilayotganidir. Yuklab olishlar bo’yicha eng mashxur saytlardan biri downlaod.cnet.com ning ma’lumotlariga ko’ra eng ko’p yuklangan antivirus bu Avast free Antivirus’idir. Undan keyingi o’rinni esa AVG AntiVirus Free 2013 egallagan. Qiziq tomoni Avast free Antivirus dasturi yuklab olishlar soni bo’yicha eng yuqori o’rinni faqatgina antiviruslar orasida emas, balki barcha dasturlar orasida egallagan. (Bu ma’lumotlat statiskasi 2012 yil uchun keltirilgan, hozirgi ham bu ma’lumotlar o’z qadrini yo’qotmagan.)

antivirus-wars-cnet

Yoki, bepul muqobillar topish uchun yordam beruvchi alternativeto.net sayti ma’lumotlar esa quyidagicha:

antivirus-wars

‘Yoqtirish’lar bo’yicha ham Avast(467 ta) yuqorida.

oddiy.blogspot.com asosida dasturchi.uz

(997 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: