boxAtheft

Apple jihozingiz yo’qolganda ko’riladigan choralar

boxAtheft

Bilib qo’yish kerak, ming afsus shunday hollar ham bo’ladiki, o’zimiz o’rganib qolgan mobil qurilma (gadjet)imizni yo’qotib yoki o’g’irlatib qo’yamiz. Bunday hodisalar siz bilan sodir bo’lmasligini yaratgandan so’rab, mabodo shunday holat yuz berib qolsa, bunday paytlarda nimalar qilish mumkinligi haqida fikr yuritamiz.

Shunday qilib qimmatbaho qurilmangizdan ayrilib qoldingiz. Kutilmaganda kelgan shok, vahima, afsuslanish yoki ehtimolli aybdorni qidirish ishlari yetmaganidek, masalaning moliyaviy tomoni yuzaga chiqadi: yangisini olish kerakmi? Qo’ldan ketganini o’rniga yangisi olinganda ham iPhone, iPad yoki MacBookingizni ko’nglingizga mos holga kelguncha: unga dasturlar yozish, tuzilma (nastroyka) larni tuzib chiqish va o’zlashtirish (personalizasiya) bir muncha ovoragarchiliklar ketadi.

Biroq, o’sha matohingizni yo’qotmasingizdan avval quyidagicha ishlarni amalga oshiringiz ham mumkin:

  • Veb loginlaringiz, va boshqa muhim foydalanuvchi nomi yoki maxfiy so’zlarni bulut(cloud) hizmatidan foydalangan holda saqlab yuring

  • Email xabarlari va boshqa muhim URLlar, litsenziya kalitlari va ro’yxatdan o’tish kodlarini xavfsiz joyda saqlang; yoki Carbonite, Mozy yoki boshqa internet sahifadan tashqari zaxira tizimi bilan ehtiyotlab qo’ying

  • Email akkaunt tuzilmalaringizni, kirish va chiqish serverlari, SSL port raqamlari, va shu kabilar bilan birgalikda yozib qo’ying, va barcha ma’lumot bulutga asoslangan akkauntga yoki onlayn tizim orqali saqlanganligiga ishonch hosil qiling

  • O’ta muhim kontakt va manzil ma’lumotlarini onlayn zaxira yoki iCloud orqali ma’lumotlarni hamohanglashtiring (sinxronizatsiya)

iPhone yoki iPad ishlatayotgan bo’lsangiz, yana quyidagilarga ham diqqat qaratish maqsadga muvofiq:

  • iloji bo’lsa Mobile Device Management (MDM) dasturini o’rnatib oling

  • Find My iPhone dasturi o’rnatilgani, tuzilmalari sozlangani va faol ekaniga e’tibor bering

  • Vaqti-vaqti bilan MDM dasturi va Find My iPhone dasturining statusini muntazam ishlashini tekshirib boring

  • Jihozning xavfsizligini ta’minlashda yordamlashish uchun unga maxfiy kod kiriting

  • iTunesdan foydalangan holda Mac kompyuteriga davomiy ravishda zaxira to’plab boring

Agar iPhone’ingiz yoki iPad’ingiz yo’qolgan yoki o’marilgan paytda, MDM ilovasi uskunangizdan kerakli va shaxsiy ma’lumotlarni uzoqdan turib o’chirib yuborishga imkon beradi. Find My iPhone o’rnatilgani esa batareyangiz pand berishi yoki ushbu dastur o’chirilmasidan avval divaysni qidirish mumkin deganidir.

Agar MacBook Air yoki Pro ishlatayotgan bo’lsangiz, ma’lumotni ruxsatsiz kirishlardan saqlash va ma’lumot tiklashda foyda beruvchi bir nechta yo’llar:

  • Qidirish ilovasini ishlating, masalan LoJack

  • Find My iPhone’ni o’rnatib oling

  • FileVault 2 ni ishlatib diskni maxfiylashtiring

  • Time Machine orqali doimiy zaxiralashtirishni amalga oshiring va zaxira uchun kompyuterdan jismonan alohida joy tanlang

Qurilmangizdan ayrilgan paytda, ma’lumotlarni tiklash asosan shunchaki zaxiralarni tiklash kabi oson emas. Birinchidan, qurilmangizni topishga harakat qilish lozim. Keyin esa, huquq tartibot idoralariga va o’z korxonangiz doirasidagi IT bo’limiga xabar berish. Uchinchidan, aloqa kartalari yo’qolgan obyekt (misol sim karta) ulangan iPhone yoki iPad bo’lsa, provayderga internet paketlarini bekor qilish to’g’risida bog’lanishingiz mumkin. To’rtinchidan, yangi divays sotib olinishi mumkin (va kerakli mobil hizmatlar ulanishi ham mumkin).

Keyin esa, iPhone va iPad ning iTunes orqali qilingan zaxiralari avvalgi tuzilmalar (konfiguratsiya)ni tiklashda qo’l kelsa, Time Machine zaxiralari noutbukingizning eski tuzilmalarini qaytarishda ish beradi, biroq e’tiborga ahamiyatlisi quyidagi vazifalardir:

  • iCloud tuzilmalarini tartiblab chiqing

  • Email tuzilmalari to’g’ri tartiblangani va email xatolarsiz ishlayotganiga e’tibor qarating

  • Talab qilingan ilovalar mavjudligi va mos ravishda ishlashini tasdiqlang

  • Find My iPhone’ni tartiblab chiqing

  • MDM agenti, ishlatilayotgan bo’lsa, qayta o’rnatilgani va kerakligicha ishlayotganiga ahamiyat bering

Apple noutbuklari uchun, quyidagi qo’shimcha vazifalar hal etilishi lozim:

  • Kerakli simsiz tarmoqlarga ulaning

  • Foydalanuvchining tarmoq tuzilmalari kiriting

  • MacBook’ning iTunes akkaunti kerakligicha tartiblashtirilganini tasdiqlang

  • Xar qanday yangi qidirish ilovasini to’g’ri o’rnatilganlik va tartiblab chiqilganligini tasdiqlang

  • Time Machine zaxiralashidan so’ng, aktivasiya talab etuvchi mahalliy ilovalarni qayta ro’yxatdan o’tkazing va ishlashiga yo’l bering

  • Yetishmayotgan xar qanday ilovani App Store’dan o’rnatib oling

  • Bulut(cloud)ga asoslangan ilovalar, masalan Dropboxni, Time Machine zaxirasi orqali qayta tiklanganiga ishonch hosil qiling yoki bulutga asoslangan dasturlarni mos ravishda tartiblab chiqing.

  • Time Machine zaxiralari mos tartiblab chiqilganini tekshiring

  • Internet sahifasidan tashqari avtomatlashgan zaxiralar ishlayotganini tekshiring

  • Tizim File Vault 2 orqali maxfiylashtirilganiga ishonch hosil qiling

  • Shaxsiy tuzilmalarni, misol Dock tuzilmalari va joylashuvi, ishchi stol rasmi, menyu xususiyatlarini yangilang

  • Sichqoncha yoki klavishlarning kerakli xususiyatlarini kiriting

  • Uzoqdan boshqariladigan xar qanday ilovalarni o’rnatilgani va ishlashini tekshiring

  • Firewall tizimi to’g’ri o’rnatilgan bo’lsin

  • Tekshiruvchi dastur agentlari va anti-malware dasturlar o’rnatilgani va ishlashini ta’minlang

Apple yoki boshqa o’z uskunangizni yo’qotish ancha achinarli va ko’ngilga xush kelmas holat. Lekin eng yomon holatga tayyorgarlik ko’rish va yangi smartfon, planshet yoki noutbuklarni avvalgi ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq ovoragarchiliklarni kamaytirish uchun jiddiy rejaga amal qilish albatta bir vaqt kelib foyda berishi mumkin.

Manba: techrepublic.com

Abdulaziz Qodirov

 

(796 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: