AndroidiOSWindows

Android, iOS yoki Windows: Qaysi Mobil Operatsion Tizimi SIZGA To’g’ri Keladi? (Qisqa tahlil)

AndroidiOSWindows

So’nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo’yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma’lumotlar tarmog’i bo’yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir.

Xuddi kompyuterlar o’tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (O.T.) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro’yhatidan iOS, Android va Windowslar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to’g’risidagi savol balki SIZ uchun qaysi biri to’g’ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. Har bir O.T ba’zi foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba’zilarini yuzini burishtiruvchi o’z xususiyatlariga ega.

Keling har bir nomzod bilan tanishib chiqaylik va sizning talablaringizni eng to’liq qondiradiganini topishga harakat qilaylik!

Android

Ushbu tizimning eng o’ziga xos xislatlaridan biri -unda o’zlashtirish (customization) imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik telefonning butun telefonning barcha qismi, o’rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o’z ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o’zidan bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. Agar siz aynan o’zingizga moslashtirilgan mobil xizmatini istasangiz, Android eng yuqori tanlovdir.

iOS

Apple’ning iOS, iPhone’da 2007 yilda ishga tushirilgan bo’lib, mavjud eng birinchi mobil O.Tlaridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g’oya -boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi. Ma’lumki Apple mavjud eng zo’r telefonlarni ishlab chiqadi, shu bilan o’z operatsion tizimini ahamiyatini oshiradi. Undan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, hayolingizga kelishi mumkin bo’lgan barcha dastur va hizmatlar muhayyo.

Windows

Kompyuterlar orasida Windows eng hurmatga sazovor O.T. bo’lishiga qaramay, Window mobil muqobillari “to’yga so’nggi kelgan mehmon”ga o’xshab ketadi. Ijro bobida Windows Phone o’z raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi ko’rsatkichga erishdi; biroq uning ilovalari miqdori sezilarli darajada kamchilikni tashkil etadi. Umuman olganda Windows O.T.ning ashaddiy muhlisi bo’lmasangiz, Android va iOS yaxshi tanlov bo’lib ko’rinishi mumkin.

manba: http://topmobiletrends.com

Abdulaziz Qodirov.

(2,418 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: