Social media on smartphone

Samaradorlikni oshirish uchun 18 ta mobil dastur

Hozirda dasturlarni o’yin va diqqatni tortuvchi vosita bo’lib borishidan ko’p kishi noliydi. Quyida e’tiboringizga 18 ta dastur havola etiladi, ular yordamida vaqtingizdan unumli foydalanasiz degan umiddamiz:

1. Mobil divayslar uchun Microsoft Office

 

28-1Microsoft Word, Excel va PowerPointni kompyuterda ishlatishni yoqtiruvchilar o’z xujjatlarida va slayd’larida telefon yoki planshetdan foydalanishni jon deb istashsa kerak. Faqatgina bitta salbiy tarafi shundaki, ushbu dasturning to’liq versiyasi oyiga 10.66 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

2. Dial My Calls

 

28-2

Bir nechta telefon raqamiga bir necha soniyalarda ovozli yoki sms jo’natish kerakmi? Ushbularni siz uchun DialMyCalls dasturi bajarib beradi, oqibatda qimmatli vaqtingizni tejaysiz.

 

3. When I Work

 

28-3

Hamkor yoki ishchilaringiz bilan uchrashuvlar belgilashda qo’l keladi. Qaysi ishchingiz ishga kelishini aniqlang, yordam kerak bo’lganda bo’sh o’rinni to’ldiring va ishchilarning vaqt jadvallarini kuzatib boring. Ushbu omillar ma’muriy vazifalarga vaqt yutqazish o’rniga, mijozlar va natijaga diqqat qaratishingizda yordam berishi mumkin.

 

4. Prezi

 

28-19

 

Ishlayotgan holingizda prezentatsiyalar tuzish haqida gapirar ekanmiz, Prezi nomli dasturi Planshet, Telefon va boshqa qurilmalar orasida sinxronlashtirish, ma’lumot almashib, ishingizni osonlashtiradi.

 

5. Pocket Informant

 

28-5

Ushbu iOS yoki Android dasturni barcha kalendar, vazifalar, esdalik yozuvlar va kontakt ma’lumotlarni bir joyga to’plash uchun va yanada unumdor ishlash uchun ma’qul topdik.

 

6. Asana

 

28-6

Asana yordamida ishdagi hodimlarni to’plang va email yozishmalarsiz barcha hamkorlarni jarayonlaringiz bo’yicha ma’lum qilib boring. Foydalanuvchilar izohiga ko’ra surish (swipe) yordamida vazifalarni o’chirish va yangi vazifalar yaratish ilovani yanada yaxshiroq ishlashga olib kelgan.

 

7. Trello

 

28-7

 

Trello – bu xuddi loyihalarni boshqarish uchun Pinterest dasturidek. Uzundan uzun emaillar yoki boshqa matnlarni o’qishdan bezor bo’lganlarga ushbu dastur – bajariladigan vazifalarni kartochkalar, izohlar, vazifalar ro’yhati, yuklangan fayllar va boshqalar ko’rinishida beradi.

 

8. Google Mobile

 

28-8

Agar ushbu dasturdan Gmal pochtangizdan foydalanishda allaqachon ishlatmayotgan bo’lsangiz, unda dasturni yuklab oling va oqibatda barcha SPAM‘lardan qutiling va band paytingizda faqatgina kerakli email yozishmalarga diqqat qarating.

 

9. 1Password

 

28-9

Kundalik parollarimizni barchasini eslab qolish uchun kimda ham sharoit yoki xohish bor? Ushbu dastur loginlar, kredit kartochka ma’lumotlari, parol va boshqalarni xavfsiz saqlashga va’da beradi. Dasturning pro versiyasi 9.99 AQSH dollarida narxlanib, foydalanuvchilar ijobiy (4-5 yulduzli qaydlar) bahosiga sazovor bo’lgan.

 

10. Voxer

 

28-10

 

Voxer – bu bir so’z bilan aytganda ratsiya vazifasini zamonaviy ko’rinishidir. Uning boshqa dasturlardan farqi – xabarlaringiz matn, ovoz yoki rasm ko’rinishida bo’lsin, barchasini saqlash imkonini beradi. Shunda uzun xabarlarni qaytadan yozish ovoragarchiligi yo’qotiladi. Dasturning yaxshi tomoni shaxsiy foydalanuvchilarga tekin xususiyatlar taqdim etilishi, biroq pro va biznes foydalanuvchilar alohida to’lov to’lashadi.

 

11. Super Notes

 

28-11

Ushbu dastur bilan yozishmalarni, ovoz saqlamalarni, rasm va boshqalarni saqlashingiz, rangli nomlar bilan belgilashingiz, barchasini hisoblab yurishingiz mumkin. Keyin esa ularni email orqali bo’lishish (share) yoki kompyuteringizga zahira sifatida saqlashingiz mumkin.

12. AnyList

 

28-12

 

Ushbu ajoyib ko’rinishli dastur orqali kundalik bozorliklar ro’yxatini tuzish va ularni do’st va oila azolaringiz bilan baham ko’rishingiz mumkin. Bozorlik ehtiyojlaringizni vaqt yutqazmasdan qondiring.

 

13. MEGA

 

28-13

Odamlar ma’lumotlarini sir saqlanishini istashadi, MEGAning mobil ilovasi o’z smartfonlarida fayllarni strim qilish va ishlatish imkonini yaratadi.

 

14. Launcher

 

28-14

Cromulent Labsning Launcher dasturi “bildirishlar markazi”ngizda eng qaynoq dasturlaringizni joylashtirishda kerak bo’ladi. Hech qanday dastur qidirish va vaqt yutqazish endi sizni bezovta qilolmaydi.

 

15. HP ePrint

 

28-15

Balki rasm yoki boshqa hujjatlarni mobil qurilmangizdan to’g’ridan-to’g’ri nashr qilish kerakdir? Bu dastur bilan orzuyingiz amalga oshdi deyavering!

 

16. MyScript Calculator

 

28-16

O’ta oddiy matematik tenglikdan tortib o’ta murakkabigacha yozib chiqing, mazkur ilova esa sizga hisob-kitobingizni bajarib beradi (qo’l yozuvingizdan foydalanib).

 

17. Cozi

 

28-17

Cozi oilangiz hayot tarzini bir joyda tashkil qilish uchun qo’l kelishi mumkin. Joriy dastur bolangiz kundalik vazifalarini o’zingizniki bilan muvofiqlashtirish, barcha uy ishlarini bo’lishib chiqishda yordam beradi.

 

18. Google Slides

 

28-18

Google Slides ilovasi yangi prezentasiyalar, PowerPoint fayllarini tuzish va hattoki Wi-Fi’ga ulanmasdan to’g’ridan-to’g’ri planshetingiz va telefon bilan ma’lumotlarni almashish demakdir.

Manba: lifehack.org

(2,894 marta o'qilgan, bugun 4 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: