android-organuvchilar-uchun

Master Android mobil ilovasi

Assalomu alaykum!

Ushbu dastur hozirgi kundagi eng ommabob saytlar va o’quv qo’llanmalar asosida Android ilovalar yaratishni o’rganuvchilarga yordam berish maqsadida tuzilgan.

Dastur kimlarga mo’ljallangan?

Dastur Android ilovalar yaratishni o’rganish istagida bo’lgan har bir tolibi ilimga mo’ljallangan. Har bir darsda mavzu bo’yicha nazariy qism va mavzuga doir amaliy namunalar keltiriladi. Bundan tashqari foydalanuvchilarga o’zlari o’rganayotgan darsda keltirilgan ba’zi murakkab dastur kodlarini o’z telefoniga saqlab olish imkoni mavjud.

Dastur qanday bo’limlardan iborat?

Darslar – bu bo’lim 35 ta darsdan iborat bo’lib, barcha darslar nazariy qism, dars mavzusi doirasida to’liq yoritilgan dastur kodlari va amaliy namunalardan iborat. Amaliy namunalar orqali foydalanuvchi dars davomida o’rgatiladigan mavzuning qo’llanilish o’rinlarini bilib oladi. Namuna sifatida berilgan dastur kodlari foydalanuvchilarda dastur yozish ko’nikmalarini shakllantirish uchun mo’ljallangan.

Yuklab olish – bu bo’limda foydalanuvchiga murakkablik tug’dirishi mumkin bo’lgan 47 ta dastur kodini mobil qurilma xotirasiga yuklab olish imkoni mavjud. Bu esa foydalanuvchi darsda keltirilgan dastur kodidan nusxa olish orqali Android studio muhitida ishlatib ko’rish imkonini beradi.

Manbalar – bu bo’limda har bir Android dasturchi uchun zarur bo’ladigan 20 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Bu bo’lim dasturchilar uchun savol javob forumlari, dasturlash mutaxassisligi bo’yicha ishga takliflar, Android qurilmalar va ilovalar haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi saytlar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.

Dasturdan qanday foydalanish kerak?

1. Asosiy oynada – bu qism 3 ta bo’limdan iborat bo’lib ular:

  • Darslar
  • Yuklab olish
  • Manbalar

Bu bo’limlar haqida yuqorida to’liq ma’lumot berilgan.

1

 

2. Darslar oynasi – bu yerda dars bo’ycha to’liq malumot beriladi. Darslarning Murakkablik darajasi, ma’lumotlar hajmiga ko’ra bir nechta qismlarga bo’linadi.

2

Barcha qsimlarda nazariy malumotlar bilan birga dastur kodlari ham beriladi.

  • Asosiy
  • Qo’shimcha
  • Foydali

Asosiy – bu bo’limda dars haqida fundamental bilimlar beriladi.

Qo’shimcha – bu qismida dars mobaynida o’rgatilayotgan komponentalarning qo’shimcha funksiyalari haqida malumotlar beriladi.

Foydali – bu bo’limda komponentalarning xususiy hollarda ishlatilishi haqida ma’lumotlar beriladi.

GooglePlay_Badge

Faxriddin Abdullayevning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(271 marta o'qilgan, bugun 6 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: