funlearn

FunEasyLearn dasturlari

FunEasyLearn dasturlari Ingliz, Fransuz, Ispan, Nemis, Italyan, Polyak, Rus, Rumin, Koreys, Xitoy tillari o’rganuvchilari uchun 6000 ta so’zni yodlash uchun mo’ljallangan mutlaqo bepul Android dasturlaridir. Bu dasturlarni ishlatish uchun siz o’zingizning ona tilingizni tanlab ( “interfeys” tili, bunday tillar 50 ta ), 7 ta o’yin asosida tayyorlangan mashqlarni bajarasiz. 6000 ta so’z 140 ta mavzu bo’yicha 3 ta darajaga ajratilgan.

Boshlang’ich darajada 1000 ta so’z, O’rta darajada 2000 va Oxirgisida 3000 ta. Dasturda so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, yozishni o’rgatadi va eshitish mahoratini oshirishda yordam beradi. Dastur o’yin asosida bo’lgani uchun so’zlarni yodlash davomida siz sira ham zerikib qolmaysiz. Endi bo’sh vaqtlaringizda (navbatda turganingizda, avtobusda ketayotib) FunEasyLearn dasturlariga murojaat qilib, o’zingiz o’rganayotgan tilingizdagi yangi so’zlarni yodlab borsangiz bo’ladi.

Ingliz tili uchun dasturni yuklab olish uchun havola:

GooglePlay_Badge

 

(854 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: