examtime

11- Dastur: ExamTime

examtime

Biz eng muhimini oxiriga saqlab qo’ydik! Ushbu dasturlar ro’yxati bo’ylab biz o’z-o’zini nazorat qilish, tarjima va til o’rganish, mashqlar va hokazolarni ko’rib o’tdik… lekin o’qish nima bo’ladi?

ExamTime bilan siz Aqliy Kartalar (Mind Maps), Flesh Kartalar, Onlayn Izohlar va Boshqitirmalar yasashingiz mumkin. Ushbu barcha onlayn o’quv vositalari talabalarga o’rganish va imtihonlarga tayyorlanish uchun ishlab chiqilgan. Onlayn o’quv manbalalarini tuzish va kursdoshlaringiz bilan baham ko’rish bunchalik oson bo’lmagan. Yana bir ijobiy tarafi barcha izohlaringiz bir joyda bo’lishi.

ExamTime bepul onlayn ta’lim olish manbasi

ExamTime bir qancha boshqa vositalar, masalan O’quv Guruhlari, Shaxsiy Xabarlar, Onlayn Kalendar va O’quv Rejalashtirgichlarga ega. Agar ushbu dasturni ishlatib ko’rmagan bo’lsangiz, nimani kutyapsiz? ExamTime internet dastur bo’lib, uni telefoningiz brauzeri orqali ishlatishingiz mumkin. U barcha turdagi sensorli divayslarga moslangan, ishlatishga tez va oson. O’qishingiz masalasida eng zo’r texnologiyadan foydalanib qolmaslikka bahona yo’q!

manba: examtime.com

tarjimon: Abdulaziz Qodirov

(182 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: