Self-Control

1-Dastur: SelfControl (o’z – o’zini boshqarish)

Self-Control

Talabalar uchun “Qaynoq Dasturlar”, unutib qo’yishni xohlamaysiz!

Tasavvur qiling siz dars tayyorlash jarayonidasiz, stol ortida o’tirib o’z fikrlaringizni tartibga solmoqdasiz. Endigina hayollaringizni bir o’ringa keltirganingizda, sizga Feysbukdan xabar keldi. Unga e’tibor bermaslikning deyarli iloji yo’q! Shunday ekan, uni tekshirib ko’rasiz va oqibatda o’qish o’rniga yana bir necha vaqtingizni boy berasiz!

Bu kabi diqqat-bo’luvchilardan qutilish uchun sizga SelfControl yordam beradi. U siz aytgan saytlarni ma’lum vaqtga to’xtatib turadi. Dastur nafaqat darslaringizga diqqatingizni qaratib qo’yadi, balki ijtimoiy saytlar va emaillaringizni muntazam tekshirishdan sizni ozod qiladi. Eng yaxshi tarafi ushbu cheklovlarni o’rnatganingizdan so’ng, oldindan o’rnatgan vaqtingiz kelmaguncha qayd etilgan dasturlarga kirishning mutlaqo iloji yo’q. Masalan, barmoq bilan surish orqali kiraman desangiz adashasiz. Hattoki, juda qiynalib so’ngi chora sifatida SelfControl dasturini o’chirib yuborsangiz ham, kiritgan vaqtingiz o’tib bo’lmasdan haligi dasturlarga kira olmaysiz. O’qishlarda Omad!!!

tarjimon: Abdulaziz Qodirov

manba: examtime.com

(594 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: