Ubuntu-GNOME-14-10-Beta-2-Is-Out-Features-GNOME-3-12-460046-5

“Ubuntu” haqida qanday tasavvurga ega boʻlish mumkin?

Koʻpchilik “Ubuntu” operatsion tizimiga qiziqib qolganlar, uni oʻrnatib koʻrishga harakat qilishadi. Ba`zilar qiziqib unda ishlashni davom ettirishadi, ba`zilar esa yana oʻchirib tashlashga harakat qilishadi. Ana shunday muammolarga uchramaslik uchun, ushbu operatsion tizim haqida tasavvurga ega boʻlish uchun “Ubuntu”ni toʻliq oʻrnatish shartmas. Ushbu tizimni butunlay oʻrnatmasdan ham tasavvur olish mumkin va ishlatib koʻrish mumkin. Ushbu maqola shu haqida.

1. http://www.ubuntu.com/tour/en/ linkiga oʻtib, onlayn holatda ushbu tizim haqida umumiy ma`lumotga ega boʻlish mumkin. “Boshlash” tugmasini bosish, jild va hujjatlarni ishga tushirib koʻrish mumkin. Bu yerda ushbu tizimdan toʻliq foydalanish imkoni yoʻq, lekin har holda tasavvur olishga yordam beradi.

2. “Ubuntu Desktop” diskini dvd oʻquvchi qurilmaga qoʻyib, u bilan kompyuterni ishga tushirib, u yerdagi “Запуск Ubuntu без установки” (Ubuntuni o’rnatmasdan ishga tushirish) bilan kompyuterni ishga tushirsangiz, bemalol tizim haqida tasavvurga ega boʻlishingiz mumkin.

3. Ubuntu`ning jonli dvd`sida “Windows” operatsion tizimida “Ubuntu”ni dastur sifatida oʻrnatib koʻrish imkoni mavjud. Bu xususiyatni oʻzim ishlatib koʻrganim yoʻq, lekin eshitgandim.

4. “Virtual server” hosil qilib, “Ubuntu”ni oʻrnatib koʻrish mumkin.  Masalan,
VirtualBox dasturini tavsiya qilishim mumkin.

manba: http://uzadmin.blogspot.com/
(390 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: