kichik_kuprik

To’rt musofir va ko’prik.

Odatda g’arb davlatlarida ishga qabul qilish jarayonida nomzodning mantiqiy o’ylay olish qobilyatini ham sinovdan o’tqazishadi. Buning uchun topishmoq savollardan foydalanishadi. Ko’p holatlarda bunday savollar uchun kod yoki 100% to’g’ri javob talab qilinmaydi. Maqsad nomzodning yechim tomon intilishini kuzatish bo’ladi. Yaqin do’stlarimdan biri Toshkent shahrida ishga joylashish uchun suhbat vaqtida shunday savollardan biriga duch kelganini so’zlab bergan edi. Bizning ish beruvchilar ham g’arbning o’rinli tajribalaridan o’rnak olib hayotga tadbiq qilishayotgani yaxshi holat. Shu sababdan blogda imkon qadar shunday mantiqiy savollar berib borishga harakat qilamiz.

Muammo

To’rt musofir qop-qora tun vaqtida buzuq ko’prikka duch kelishdi. Ko’prikdan ko’pi bilan ikki kishi birdaniga o’ta oladi. Undan tashqari fonarsiz ko’prikdan o’tish ilojsiz. Ularda esa faqat bir dona fonar bor va 4 musofirning tezligi ham har xil. Aytaylik musofirlarning mos ravishda ko’prikdan o’tish vaqti: 10, 5, 2, 1 daqiqa. Agar tezroq yuradigan odam sekinroq yuradigan odam bilan birga bo’lsa natijaviy tezlik sekinroq yuradigan odamning tezligi bilan bir hil bo’ladi. Savol shunday, ko’prikdan o’tishning eng qisqa vaqti qanday?

Hayolingizga ilk kelgan yechim shunday bo’lishi mumkin, 1 daqiqada ko’prikdan o’ta oladigan musofir, qolgan musofirlarni kuzatib boradi. Keling tushunarliroq bo’lish uchun har bir musofirni uning sarflaydigan vaqti bilan nomlaymiz. Ya’ni, 1 odam 5 marta uyog’dan buyoqqa borib keladi. Har safar sekin yuradigan musofir sabab 1 o’zining tezligiga erisholmaydi va qolganlarni olib o’tish uchun mos ravishda 2,5 va 10 daqiqa sarflaydi. O’zini qaytib kelishi uchun sarflagan vaqtini qo’shib hisoblaganda umumiy 19 daqiqa natijaga erishadi. Bir qarashda bundan yaxshiroq bo’lishi mumkin emasdek. Aslida esa bundanda tezroq natijaga erishishimiz mumkin. Quyidagi rasmda 1 ning 5 marta ovora bo’lgani tasvirlangan.

bridge1

Xo’sh, samaraliroq natija qanday bo’lishi mumkin. Yuqoridagi yechimga kelishimizga asosiy sabab 1 ning tezkor ekanligi bo’ldi. Aynan shu narsa bizni chalg’itib qo’ydi. Ko’prikning narigi tomonidan fonarni qaytarib olib kelish uchun 1 dan foydalanganimiz to’g’ri yondashuv bo’lgan, sababi musofir yolg’iz bo’lganda o’zining qudratini bemalol ko’rsata oladi. Lekin sekin yuradigan bilan birga bo’lgan vaziyatda tezkor musofir o’zini ko’rsata olmaydi. Bizning yechimda eng ko’p vaqt olayotganlar bular 5 va 10 bo’lyapti. Agar ushbu qariyalarni birga jo’natsak qanday bo’ladi. Ya’ni, 1 2 ni narigi tomonga olib o’tib, fonar bilan qaytib kelgandan so’ng, ko’prikning bu tomonida qolsayu, 5 va 10 birgalikda ko’prikdan o’tishsa va 1 ni olib kelish uchun 2 qaytib kelsa, natija yaxshiroq bo’lishi mumkin ekan. Demak bu holat umumiy yechim 17 daqiqa bo’ladi. Quyidagi rasmda to’g’ri bo’lgan usul berilgan.

bridge2

manba: http://normatov.com/

(936 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • Inoyatullohon Junaydullayev

    Ajoyib yechim. Men 24 minutda olib o’tdim. Demak ancha kalta o’yladim.