paynet-nominal

O’zbekistonda jami nechta PAYNET bor?

Manga qiziqarli tuyulgan savollardan yana biriga e’tibor beramiz. Bu kabi savollar mantiqiy emas ko’proq tahliliy yondashuv bilan hal qilinadi va tajribada ko’p uchrab turadi. Yaxshi habar shuki, bir marta tushunib olingandan so’ng, yechimni hohlagan shu turdagi savollarga tadbiq qilsa bo’ladi. Bunday savollarga ko’pincha “estimation problems” deb nom berishadi.

Muammo

O’zbekistonda jami bo’lib nechta PAYNET shaxobchasi bor?

Albatta faqat statistika bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar yoki “Paynet” ning o’zigina bu savolga aniq va to’g’ri javob bera oladi. Savolning so’ralishidan maqsad nomzodning tahliliy qobilyatini sinovdan o’tqazishdir. To’ppa-to’g’ri javob berish talab qilinmaydi. Bu kabi muammolarga yechim topishda qo’rqmay o’zingizning tajribangizga tayanishingiz mumkin. Shu sabab man ham o’z tajribamga tayanib javob berishga harakat qilaman.

Bir narsa aniqki “Paynet” shaxobchalarining umumiy sonini O’zbekistondagi telefon qurilmalari soniga bog’liq. O’zbekiston aholisi 30mln ga yetgan. Yana tasavvur qilaylik, aholining 70% da telefon qurilma mavjud. Bu degani 21mln aholi Paynet hizmatidan foydalanadi. Mani tajribamga ko’ra, Toshkentdaligim vaqtida haftasiga bir marta Payent hizmatidan foydalanib turardim. O’rtacha olganda 1 daqiqa vaqt telefon raqamni aytishga va pulni to’lashga yetarli edi. Mandan keyingi mijoz 2 daqiqadan so’ng kelsin. Bu degani 1 soat manga o’xshaganlarning 20tasiga hizmat qilishga yetarli. Shartli ravishda paynetchilarni mehnatsevar insonlar deb qabul qilaylik va ishni ertalab 9 dan boshlab kechki 9 da tugatsin. Kelib chiqadiki har bir paynet o’rtacha 12 soat ishlaydi. 12 x 20 = 240 bu bir ish kunidagi mijozlar soni. 21mln ni 240 ga bo’lib yuboramiz. Natija 87,500. Bizning xomcho’tga ko’ra O’zbekistonda jami 87,500 dona Paynet shaxobchasi bor.

http://normatov.com/

(709 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • Mansur Anorboev

    nega bir haftada bir marta paynetga kirilishi hisobga olinmayapti??))