http://www.dreamstime.com/royalty-free-stock-photo-algorithm-image27863175

ALGORITM HAQIDA TUSHUNCHA(2)

Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari haqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy usullaridan foydalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.

 

Algoritmning matnli ifodasiga misol sifatida qadimiy ikki sonning eng katta umumiy bo’luvchisini topish (Evklid) algoritmini keltirish mumkin. Masalan A va B sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi topilsin.

 

Algoritmi:

1) kattasidan kichigini ayiramiz,

 

2) agar ayirma kichik songa teng bo’lsa bu ayirma eng kichik bo’luvchi sifatida olinadi, aks holda ayirma va berilgan sonlarning kichigi uchun.

 

1) bosqichga qaytiladi, ya’ni ayirish amali toki ayirma va ayiriluvchi son teng bo’lguncha davom ettiriladi.

 

Buni bir misolda tahlil qilish mumkin. Masalan 6 va 15 sonlari uchun eng katta umumiy bo’luvchi topilsin.

15 – 6 = 9 va berilgan sonlardan kichigi 6 olinadi. Ular teng emas. Demak, 9 va 6 uchun yuqoridagi jarayonni takrorlaymiz.

 

9 – 6 = 3 va 6 soni teng emas. 3 va 6 uchun takrorlasak. 6 – 3 = 3 va 3 teng. Demak, eng katta umumiy bo’luvchi 3 ga teng ekan.

 

Algoritmning matnli ifodasi murakkab jarayonlar uchun hajman katta bo’lib, yetarli darajada ko’rgazmali bo’la olmaydi. Shuning uchun algoritmning matnli ko’rinishidan dastlabki bosqichda masalani ishlashning asosiy bo’g’inlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalaning algoritmini va kompakt (ixcham) ko’rinishda ifodalash uchun sxematik usuldan foydalaniladi.

 

Bu usul grafiklar deyilib, bunda algoritm o’zaro bog’langan funksional bloklar tarzida ifodalanadi. Har bir funksional blok ma’lum bir amal, yoki amallar ketma-ketligini bajarishni o’z ichiga oladi. Funksional bloklarning mazmuniga ko’ra shaklini va ularning o’zaro bog’lanishini ifodalashda davlat standartiga ko’ra qabul qilingan qoidalarga rioya qilinadi.

 

Odatda axborot yo’nalishiga mos kelayotgan bog’lanish yo’nalishi, yuqoridan pastga, strelka bilan ifodalanmasligi  mumkin. Boshqa barcha hollarda bog’lanish yo’nalishi strelka (ko’rsatgich) bilan ko’rsatib qo’yiladi. Qulaylik uchun algoritm bloklari tartibli tarzda nomerlanishi kerak.

(882 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: