http://www.dreamstime.com/royalty-free-stock-photo-algorithm-image27863175

ALGORITM HAQIDA TUSHUNCHA (3)

Quyida asosiy bloklar uchun foydalaniladigan shakllar keltirilgan:

Ushbu shakllar Xalqaro standart ISO 1028-73 asosida qabul qilingan.

 

39

 

Algoritmni ifodalash namunasi sifatida berilgan ikkita a va b sonlaridan kattasini topish algoritmini sxematik tarzda ifodalaymiz.

 

Algoritmning bu blok-sxema tarzidagi ifodasiga hojat yo’q. Faqat turli hollarda bu algoritmning to’g’ri ishlashini xayolan tekshirib ko’rish mumkin. Bu yerda 4-blok tarmoqlanish  bloki bo’lib, boshqa bloklardan farqli undan 2 ta yo’nalishda («ha» yoki «yo’q») chiqish mumkin. Masalan, a=10; b=5 bo’lsa, u=10 deb olinib 4-blokdan so’ng 5-blokni tashlab 6-blokka o’tib ketiladi. Chunki 5>10 ga «yo’q» javob to’g’ri keladi.

 

Algoritmning blok-sxema tarzidagi ifodasining yana bir afzalligi undan uchinchi ko’rinishi, ya’ni algoritmik tildagi ifodasi (dastur)ga o’tishi ham juda oson bo’ladi. Chunki bunda har bir blok algoritmik tilning ma’lum bir operatori bilan almashtiriladi xolos.

 

Hisoblash jarayonlarining turlari va ular uchun algoritm tuzish qoidalari.

 

Hisoblash jarayonlari asosan uch turga bo’linadi. Bular: chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi (siklik) hisoblash jarayonlari.

 

 Chiziqli hisoblash jarayonlarida jarayonning barcha tashkil qiluvchi bloklari berilgan tartibda beistisno bajariladi. Bunday jarayon algoritmning blok-sxemasi asosan to’rtburchak shaklidagi bloklardan iborat bo’ladi. Bunday jarayonning algoritmi va tabiiy blok-sxema hamda programmasini tuzish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi.

 

1. Boshlanishi

2. Kiritish bloki

3. Hisoblash bloki

4. Natija bloki

5. Tugashi

 

40

 

 

Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonida ma’lum shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab mavjud  hisoblash yo’nalishlaridan birortasini tanlashga to’g’ri keladi. Bu holat algoritmning blok sxemasida romb shaklidagi blok bilan ifodalanib, boshqa bloklardan farqli bu blokda bitta kirish qismi bo’lib, chiqish esa ko’rsatilgan shartga qarab berilgan ikki yo’nalishdan biri bo’yicha bo’lishi mumkin. Algoritmning bu konstruksiyasi blok–sxemada:

 

 

1. Boshlanishi

2. Kiritish bloki

3. Shartni tekshirish

4 va 5. Hisoblash bloki

6. Natija   bloki

7. Tugashi

41

 

ko’rinishida ifodalanadi.

(2,720 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: