http://www.dreamstime.com/royalty-free-stock-photo-algorithm-image27863175

ALGORITM. ALGORITM HAQIDA TUSHUNCHA

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

 

Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri.

 

Algoritm so’zi Al – Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib. Muxammad Muso Al-Xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar tarjimasida xar bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki” deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan.

 

Hozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak bo’lgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli ko’rsatmalar ketma-ketligi tushiniladi. Algoritm tushunchasi keng ma’noda tahlil qilish mumkin.

Masalan, biror manzildan boshqa manzilga borish uchun shahar transportidan foydalanib qanday borish mumkin, degan savolga biz ma’lum algoritm tavsiya qilishimiz mumkin. Pazandalik kitobida, masalan, palovni pishirish qoidasi keltiriladi. Bu ham o’ziga xos algoritm hisoblashlar ishlanadigan masala algoritmini biz hisoblash algoritmi deymiz.

Biz asosan hisoblash algoritmlari haqida so’z yuritamiz. Algoritmlarga xos bo’lgan belgi va talablarni sanab o’tamiz. Har qanday algoritm quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

 

Determinantlik sifati

Berilgan boshlangich qiymatlarda bir qiymatli javob olinishi;

 

Ommaviylik sifati

Ma’lum turdagi masalalar uchun turli boshlangich qiymatlarda yechim olish mumkin bo’lishi;

 

Diskretlilik sifati

Algoritmni EHM(Elektron Hisoblash Mashinalari) yoki inson tomonidan bajarilishi mumkinligi shubxasiz bo’lgan ayrim-ayrim sodda bosqichlarga bo’lish mumkinligi.

 

Natijaviylik sifati

Har qanday boshlangich qiymatlarda ham javobning mavjudligi, bunda «bu holda yechim yo’q» singari axborot ham algoritmning ishlash natijasi deb qabul qilinadi;

 

Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan xolda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari xaqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy usullari fodalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.

(Davomi bor)

(5,349 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • Aziz

    Programmist bo’lishni hohliman boshlang’ich bilimlarim bor(manimcha yetarlicha), kompyuter degan narsa mana begonamas. Qanchadan qancha saytlani titkilab tashadim lekin baribir savollarimga javob ololmiyapman. Xullas gapni ochig’i manga bitta ustoz kerak shu tarafdan qiynalib kettim((((. Yoshim 21da voxtim o’tib ketvotti xali bir narmalniy narsaga erishganim yo’q. Iltimos yordam bervorila…

    • murod

      Ochig’i o’xshash odam ekanmiz meni ismim Murod yoshim 17 da lekin o’ziga yarasha bilimga egaman ammo bu bilan maqtanib bo’lmaydi shuning uchun men o’zimga mos odam qidiryapman

  • Sherali Turdiyev

    Sizda xohish bo’lishining o’zi sizni yuqori cho’qqilarga olib boradi. Faqat siz o’sha
    xohishni amalga aylantiring, ya’ni harakat qiling. Faqat xohlayman deb turishdan kura. Dunyo bo’yicha eng yetakchi sayt bo’lgan http://stackoverflow.com/ ning “Dunyoda dasturchilari haqidagi statistikasi”(http://stackoverflow.com/research/developer-survey-2015 – yoki so’rovnomalar statistikasi) da 41% dasturchi o’zi mustaqil o’rgangan(qiziqishi va shunga o’xshash sabablarga ko’ra). 48% dasturchi dasturlash bo’yicha o’qimagan. Yuqoridagi saytdan iqtibos:

    “There are many ways to learn how to code. 48% of respondents never received a degree in computer science. 33% of respondents never took a computer science university course. System administrators are most likely to be self-taught (52%). Enterprise level services developers are most likely to have an industry certification (13%). Machine learning developers and data scientists are 10 times more likely than any other developer type to have a PhD (15%).”

    Qolgan ma’lumotlarni saytga kirib olasiz.

    Afsuski, Hozircha, ko’pchilik dasturchilar vaqtlarini o’zlarining ishlaridan orttira olishmayapti. Shu qatorda biz ham. Vaqtimiz bo’lganda maqola yozishga harakat qilyapmiz. Yangi o’rganuvchilarga yaxshiroq qo’llanma qilish rejalarimizda bor. dasturchi.uz dan tashqari dastur.uz, akmx.uz larni tavsiya qilaman.